Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.60K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 399

2021-08-31 12:24:26Rasman: Krishtianu Ronaldu “Man Yunayted” bilan shartnoma imzoladi

36 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan “2+1” koʻrinishidagi shartnomaga imzo chekdi.

Avvalroq “Yunayted” futbolchining transferi haqida maʼlum qilgandi.

Xabarlarga koʻra, angliyaliklar Ronaldu uchun “Yuventus”ga 15 mln yevro toʻlaydi. Bu summa uch yil davomida qoplab beriladi. Shuningdek, 8 mln yevro miqdorida bonus ham nazarda tutilgan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
28.5K views09:24
Ochish/sharhlash
2021-08-31 11:20:08 Rasman: Nikola Vlashich “Vest Hem” futbolchisi

“SSKA” futbolchisi Nikola Vlashich faoliyatini London klubida davom ettiradi. Vlashich “Vest Hem” bilan 5 yillik bitim imzoladi.

23 yoshli xorvat yangi klubida yiliga 4 mln yevro maosh oladi. “SSKA” uning transferidan 30 mln yevroga ega bo‘ladi.

Futbolchi uchun Angliya begona emas. U vaqtida “Everton”da harakat qilgan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
28.4K views08:20
Ochish/sharhlash
2021-08-31 11:16:27 Rasman: Moyze Kin “Yuventus”ga qaytdi

“Yuve” Kinni “Everton”dan 2023-yilga qadar ijaraga oldi. Klub Moyzening ijarasiga 2021/22-yilgi mavsum uchun 3 mln, 2022/23-yilgi mavsum uchun esa 4 mln yevro to‘laydi.

Turinliklar ijara muddati tugagach Kinni 28 mln yevroga sotib olish majburiyatini ham olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kin 2 yil avval 25 mln yevro evaziga “Everton”ga o‘tgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
28.7K views08:16
Ochish/sharhlash
2021-08-31 08:40:22“Barselona” Joau Feliks borasida “Atletiko M”ga taklif bilan chiqdi

Katalonlar agent Jorje Mendesh orqali portugaliyalik futbolchi borasida soʻrov yuborgan.

Biroq “Atletiko” bu taklifni rad etgan, deya xabar qilmoqda Goal. Madridliklar Feliks bilan yaqin orada xayrlashishni reja qilmagan.

“Matraschilar” futbolchini 2019-yilda 126 mln yevro evaziga sotib olgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
31.5K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-08-31 05:13:00“Real” Eduardo Kamavinga transferini hal qildi

“Renn”ning 18 yoshli yarim himoyachisi faoliyatini madridliklar safida davom ettiradi. Bu haqda bir nechta ishonchli manba maʼlum qildi.

Fabrisio Romanoga koʻra, transfer 31 mln yevroga baholangan, shuningdek, qoʻshimcha bonuslar ham boʻladi.

Yosh iqtidor egasi uchun “PSJ” va “Man Yunayted” ham kurash olib borgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
34.1K views02:13
Ochish/sharhlash
2021-08-30 23:24:16 O‘zbek futbolchisi “Real” va “Inter”ga qarshi o‘ynaydi! Jasur Yaxshiboyev “Sherif”ga o‘tdi

“Legiya” Yaxshiboyevni 2021/22-yilgi mavsum yakuniga qadar Moldovaning “Sherif” klubiga ijaraga bergan.

Eslatib oʻtamiz, “Sherif” Moldova klublari orasida ilk bor Yevropa Chempionlar Ligasi final bosqichiga chiqdi. Ular D guruhida “Inter”, “Real Madrid” va “Shaxtyor”ga qarshi bahs olib boradi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
35.3K views20:24
Ochish/sharhlash
2021-08-30 20:49:13“Real” Kilian Mbappe transferi borasidagi muzokaralarni toʻxtatdi

RMC Sportʼga koʻra, “Real”ning Parijdagi vakillari muzokaralar toʻxtatilganini maʼlum qilgan.

Sky Sports versiyasi boʻyicha “Real” 170 mln yevrolik taklifdan keyin “PSJ”dan javob olmagan. Endi ispan klubi qishni kutadi va Mbappeni 2022-yilning yozida tekinga qoʻlga kiritishga harakat qiladi.

Avvalroq “Real” Mbappe borasidagi taklifni 200 mln yevrogacha koʻtarishi haqida xabarlar yangragandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
34.8K views17:49
Ochish/sharhlash
2021-08-25 23:16:12Germaniya Kubogi. “Bavariya” 5-liga vakiliga javobsiz 12 ta gol urdi

Germaniya Kubogi
1/32 final

“Bremer” — “Bavariya” 0:12

Gollar: 0:1 – 8 Shupo-Moting, 0:2 – 16 Musiala, 0:3 – 27, avtogol Varm, 0:4 – 28 Shupo-Moting, 0:5 – 35 Shupo-Moting, 0:6 – 47 Tillman, 0:7 – 48 Musiala, 0:8 – 65 Sane, 0:9 – 80 Kyuizans, 0:10 – 82 Shupo-Moting, 0:11 – 86 Sarr, 0:12 – 88 Tolisso.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
7.2K views20:16
Ochish/sharhlash
2021-08-25 20:19:00“Nasaf” OFK Kubogi yarim finalida Hindistonning “Mohun Bagan” klubi bilan o‘ynaydi

O‘yin 21 yoki 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
22.2K views17:19
Ochish/sharhlash