Get Mystery Box with random crypto!

​ Eldor Shomurodov “Roma”ga oʻtishga yaqin Rimliklar oʻzbekis | FUTGOL

Eldor Shomurodov “Roma”ga oʻtishga yaqin

Rimliklar oʻzbekistonlik futbolchini sotib olish huquqi (yoki majburiyati) bilan ijaraga oladi. Bu haqda bir qator Italiya OAV xabar qilmoqda.

Ayni vaqtda tomonlar kelishuv shartlarini muhokama qilmoqda. “Roma” Eldorning bir yillik ijarasi uchun 2—2,5 mln yevro toʻlaydi va keyinchalik 15 mln yevroga sotib olish huquqi boʻladi.

Genuyaliklar kelishuvga futbolchining keyingi transferidan ulushga ega boʻlish bandini qoʻshmoqchi. Rimliklar tomonidan toʻlanadigan umumiy miqdor 20 mln yevrodan oshishi kutilmoqda.

Shomurodov 2020-yilning oktabrida 7,5 mln yevro evaziga “Rostov”dan Genuya klubiga oʻtgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!