Get Mystery Box with random crypto!

57-modda. Yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) Tijoratc | Fuqarolik kodeksi |🇺🇿 | Фуқаролик кодекси

57-modda. Yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi)

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, davlat korxonasidan tashqari, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsning kreditorlar talablarini qondirishga qurbi yetmasa, sudning qaroriga muvofiq u nochor (bankrot) deb hisoblanishi mumkin.
Yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi.

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxs bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.

Sudning yuridik shaxsni bankrot deb hisoblashi asoslari, shuningdek bunday yuridik shaxsni tugatish tartibi qonunda belgilanadi.

@fuqarolik_kodeksi