Get Mystery Box with random crypto!

56-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish Yuridik | Fuqarolik kodeksi |🇺🇿 | Фуқаролик кодекси

56-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish

Yuridik shaxs tugatilayotganida birinchi navbatda fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari bo‘yicha mukofot to‘lash haqidagi talablari, shuningdek hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazganligi uchun tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo‘lgan fuqarolarning talablari ham tegishli vaqtbay to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li bilan qanoatlantiriladi.

Boshqa kreditorlarning talablari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda qanoatlantiriladi.

@fuqarolik_kodeksi