Get Mystery Box with random crypto!

#Telbam #N_17 #Muallif_Choliqushi_S.B.♡ Sayyora Iforani k | ꧁ Akhmatjanovna's 🫶🏻🪐 ꧂

#Telbam #N_17

#Muallif_Choliqushi_S.B.♡


Sayyora Iforani ko'chaga haydab solgandan so'ng o'zi ichkariga xonasiga kirdida telefonini qo'liga olib tanish raqamga qo'ng'iroq qildi.Uzoq gudokdan so'ng telefonga javob bergan tanishiga Ifora haqida gapirdi.
-Kasofatni uydan haydadim.Odamlarizga ayting uni kuzatsin va men aytgan ishni bajarsin.
Sayyora gaplashib bo'lib telefonini tortmachaga soldida o'zi tashqariga chiqdi.
Xushnud Iforani uyini kuzatib biroz o'tirdi.O'tirar ekan telefoni jiringladi.
-Eshitaman.Ha esimda hozir boryapman deya mashinani yurg'izdi.
Iforani uyini oldidan o'tayotganda ko'zi bir ayol Iforani sudrab kelib ko'chaga itarganini ko'rdiyu,ammo to'xtamadi ishiga borish kerak edi. Xushnud shifokor edi,ko'z shifokori.Ishiga kelsa ham hayoli Iforada edi.Nega uyida janoza bo'layotgani uni uydan nega haydayotgani albatta unga qiziq.Bugun operatsiyasi bor.Bir amallab operatsiyani yakunlab ishlarini hal qildida shifoxonadan chiqdi.Xushnud shifoxonadan chiqqan vaqt kun ham kech bo'layotgan edi.Mashinga o'tirdida to'g'ri Iforani uyi tomon ketdi.Ammo kelgan vaqt allaqachon odamlar tarqab bo'lgan darvozasi ham yopiq edi.
-Qayerda ekan uyidan haydashgan bo'lsa qayerga ketdi ekan.
Mashinasini sekin yurgizib ko'chalardan Iforani izlay boshladi.Balki birorta qarindoshinikiga ketgan bo'lsachi,yoki haydab solgan ayol uyiga kirgizdimikin.Xushnud shularni o'ylar ekan Iforani mahallasidan chiqdi.Lekin mashinasining tezligini oshirmadi.Yo'lning har ikki tarafiga qarab Iforani izladi,balki shu atrofdadir deya va ko'zi bekatda o'tirgan tanish chexraga tushdi.Mashinadan tez tushdida yoniga bordi.
-Iforaaa,Ifora deya yuziga sekingina shapatiladi.Qizning ko'zlari yumiq edi.Xushnud uni ko'tardida mashinasiga olib borib sekin yotqizdi.