Get Mystery Box with random crypto!

#Telbam #N_16 #Muallif_Choliqushi_S.B.♡ Tez mashinadan tu | ꧁ Akhmatjanovna's 🫶🏻🪐 ꧂

#Telbam #N_16

#Muallif_Choliqushi_S.B.♡


Tez mashinadan tushdimda uyim tomon yura boshladim.
Xushnud Iforani kuzata boshladi.Iforani o'sha odam ko'p to'plangan uyga kirganini ko'rib hayron bo'lib kuzatardi.
Tog'amning vafotlari sabab uyimizga tumonat odam yig'ilgandi.Darvoza yonidagi erkaklarni yonidan boshimni eggancha o'tar ekanman ko'zim Javlonga tushdi.Boshida do'ppi meni ko'rib qovoqlarini uyib qaradi.Indamasdan ichkariga kirdim.Ichkarida ayollar ko'p.
-Ifora qayerlarda yuribsan deya qo'shnimiz Mahbuba opa tez uyga kirib chiqdida boshimga ro'mol o'rab qo'ydi.Mahbuba opaga javob bermasdan bir chekkaga o'tirdim.Ko'z yoshlarim yuzimni yuvardi.Qancha o'tirdim bilmayman bir qo'limdan kimdir ushladi joyimdan turg'izdi.Qarasam kelinoyim.
-Sen kasofat uyimda nima qilyapsan.Senga kelma degandim.Qaysi yuz bilan keldingaaa?
-Kelinoyi men hech nima qilmadim.
-Sayyora opa tinchlaning nima qilyapsiz hammani o'zingizga qaratib...-deya Mahbuba opa kelinoyimni tinchlantirmoqchi bo'ldi.
-Shu kasofatni deb erim o'lib ketdi.Seni ko'zim ko'rmasin deya sudragancha tashqariga olib chiqdi.
-Kelinoyi nima qilyapsiz.Hammani ko'zi bizda edi.
Kelinoyim sudragancha ko'chaga olib chiqdida itarib yubordi.Men esa yerga yiqildim.
-Umuman uyimga qadam bosma kasofat tushundingmi? Yana nimalar dedi bilmayman.Joyimda o'tirgancha yig'ladim to'yib to'yib yig'ladim.
-Oyijon dadajon nega o'zingiz bilan olib ketmadingiz meni ham.Bu dunyoda hech kimga keragim yo'q.Hech kimga...