Get Mystery Box with random crypto!

“Soyam bilan tanishuv” (II) kursi haqida Bugun qanday qilib y | Freyd bilan gurunglar

“Soyam bilan tanishuv” (II) kursi haqida

Bugun qanday qilib yana-da kuchli, aqlli, muvaffaqiyatli, baxtli boʻlish borasida yoʻl-yoʻriqlar keng tarqalgan. Yorugʻ tomonlarimizni yana-da kuchaytirish, ularga koʻproq ahamiyat berish — hayotimizdan qoniqishni orttiradiganday.

Lekin qorongʻu tomonlarimiz — Soyamiz bilan yuzlashib, uni ozod qilmas ekanmiz, bizni oyogʻimizdan chalayotgan narsalar nimaligini anglamay yashashda davom etamiz. Uyat, qoʻrquv, jirkanish, dahshat hislarini uygʻotuvchi xususiyatlarimiz bilan tanishish, ularga ruxsat berish, yuzaga chiqarish — ruhimizni butunroq, erkinroq qiladi. Barcha tomonlarimizni anglagan holda harakatlanish — yoʻlimizni osonlashtiradi.

Depressiya, tushkunlik, hasad, oʻzingizga ishonchsizlik, ichki tanqidchining kuchliligi, doimiy xavotir, shaxsiy realizatsiya sustligi, energiya kamligi singari muammolardan qiynalayotgan boʻlsangiz, 1—10-sentyabr oraligʻida boʻlib oʻtadigan “Soyam bilan tanishuv” nomli onlayn kursimda qatnashishni va muammolaringizni yangi rakursdan oʻrganishni taklif qilaman.

Bu kursda:
Oʻzingiz bilan, odamlar bilan, olam bilan munosabatlaringiz tushunarli, aniq va yetuk boʻlishida Soya haqida bilimning ahamiyati
Nega siz yomon koʻrgan, istamagan, qoʻrqqan voqealar hayotingizda takrorlanishi
Ichki ziddiyatlaringizni qanday hal qilish va oʻzingizga gʻamxoʻr boʻlish
singari masalalar bilan tanishasiz.

Psixologiya borasidagi bilimlaringiz qay darajada boʻlishidan qat’iy nazar, kursda bemalol qatnashishingiz mumkin. Psixolog boʻlsangiz, Soya haqidagi bilimlar ishingizda albatta asqotadi.

Kurs mavzulari, oʻtkazilish tartibi, narxlar haqida @soyam_bilan_tanishuv kanalida bilib olishingiz mumkin.