Get Mystery Box with random crypto!

Erkaklar nafaqat xavfli, kir va qiyin ishlarni qiladi, balki o | Freyd bilan gurunglar

Erkaklar nafaqat xavfli, kir va qiyin ishlarni qiladi, balki ogʻriqlaridan sukunat va yolgʻizlikda qiynaladi. Soʻrovnomalar natijalariga koʻra, ularning koʻpchiligi aksar ayollar singari, qandaydir iqtisodiy, siyosiy va madaniy normalar uchun qalbini qurbonlikka keltiradi.

Erkaklar endi gʻazabga aylanib qolgan jahlini tan olishi zarur. Bu gʻazab qayerga yoʻnalyapti? Ba’zilarda dipressiya koʻrinishida namoyon boʻladi va butun umr qandaydir ogʻir hisdan qiynalishadi. Boshqalarda — tanasining turli qismlari va organlaridagi somatik kasalliklarda namoyon boʻladi, yoki “oʻziniki va boshqalar”, “gʻoliblar va magʻlublar”ga ajratishdan iborat paranoyyal oʻyinlarga proyeksiyalanadi. Koʻpchilik erkaklar oʻz gʻazabini xotiniga, bolalariga yoki boshqa erkaklarga yoʻnaltiradi.

Jeyms Xollis

@Freyd_bilan_gurunglar