Get Mystery Box with random crypto!

​Nega och qolganda qorin g‘ulduraydi? Oramizda qorni biron m | Dieta Pp Retsept Ayollarga Foydali Maslahatlar

​Nega och qolganda qorin g‘ulduraydi?

Oramizda qorni biron marta g‘ulduramagan inson topilmasa kerak. Bu holat yoshidan va jinsidan qat’i nazar barchada kuzatiladi. Qorin g‘uldurashini payqashimiz bilan darrov yegulik qidirishga tushamiz. Axir qorinni g‘ulduratib yurish atrofdagilar oldida noqulay-da!

Qorin nima uchun g‘ulduraydi?
Qorin g‘uldurashi tibbiy tilda “borborigmus” holati, deyiladi. Bu g‘uldurash hazm tizimi ishlayotgan vaqtda hosil bo‘luvchi tovushdir. Oshqozonga tushgan ovqatning hazm shirasi bilan aralashuvi va ularning ichaklar bo‘ylab orqa chiqaruv yo‘li tomon harakatlanishi vaqtida tovush chiqishi tabiiy hol. Bu yugurganda, yurganda oyoq tovushlarining eshitilishi bilan baravar.



Ichak devorlari ovqatni hazm qilish jarayonida qisqarib-bo‘shashadi. Bo‘sh idishga chertsangiz, qanday tovush chiqadi? Oshqozon va ichakda ovqat qolmaganda ham xuddi shu holat yuz beradi. Agar siz bir necha soat davomida ovqatlanmagan bo‘lsangiz, miya hazm a’zolariga och qolganlik haqida signal yuboradi. Hazm tizimi ovqatlanishga tayyorlana boshlaydi. Bu jarayon esa “shovqinli” tarzda kechadi.



O‘ta baland tovush kasallik alomati emasmi?
Gʻuldurash hazm tizimining tabiiy fiziologik holati bo‘lib, hech qanday davolanishni talab etmaydi. Ammo qorin to‘q bo‘lganda ham g‘uldurashning muntazam kuzatilishi ichakda gazlar yig‘ilishi, qabziyatdan darak berishi mumkin. Me’yoriy holatda qorin g‘uldurashi ovqatlangach bir necha daqiqadan so‘ng o‘tib ketishi kerak.

Похожее изображение

Xulosa...
Tanangizga doim quloq soling. Qorin g‘uldurashi organizmga oziq va quvvat kerakligi haqida ogohlantiruvchi signaldir. Ishingiz oshib-toshib ketgan bo‘lsa ham, o‘z vaqtida ovqatlanishga harakat qilish salomatlik garovidir.