Get Mystery Box with random crypto!

Foydali.Uz

Telegram kanalining logotibi foydali_uz — Foydali.Uz F
Telegram kanalining logotibi foydali_uz — Foydali.Uz
Kanal manzili: @foydali_uz
Toifalar: Oziq-ovqat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 101

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-05-03 20:24:39
Gʻam-qaygʻusiz Yashash Uchun 7 Qadam

Sahovatda, himmatda oqar daryo kabi boʻl,
Shafqat va marhamatda kulgan quyosh kabi boʻl,
Oʻzga aybin yopishdan qorongʻu tun kabi boʻl,
Gʻazabda va jahlda xuddi oʻlik kabi boʻl,
Tavoze - kamtarlikda mayin tuproq kabi boʻl,
Bagʻrikenglik - mehrda ulkan dengiz kabi boʻl,
Qanday boʻlsang - shunday koʻrin yo koʻringaning kabi boʻl.

Mavlono Jaloliddin Rumiy

@Foydali_Uz
399 views17:24
Ochish/sharhlash
2022-05-03 07:58:22
Yoʻtaldan xalos qiluvchi samarali malham

Qattiq shamollashdan soʻng sizda hali ham tomoq ogʻrigʻi va yoʻtal saqlanib qolishi mumkin. Bunday paytda quyidagi tavsiyadan foydalanib koʻrishingiz mumkin.

1 dona oʻrtacha kattalikdagi banan poʻstlogʻidan tozalanadi. Unga 2-3 choyqoshiq kakao solinadi. Ushbu aralashma ustidan 1 stakan qaynoq suv quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu muolaja odatda kechqurun bajariladi. Ikki marta takrorlash orqali yoʻtaldan xalos boʻlishingiz mumkin.

@Foydali_Uz
419 views04:58
Ochish/sharhlash
2022-05-02 11:20:22
#Diqqat
Har kuni muzqaymoq yesa nima bo'ladi?


1. Organizm kalsiyga to'yinadi
2. Oqsilga bo'lgan ehtiyojni qondiradi
3. Tomoqdagi mahalliy immunitetni oshiradi
4. Ichak mikroflorasini tiklaydi
5. Og'iz bo'shlig'i va qizilo'ngachda sezilgan sovuqlik yurakka reflektor tarzda ijobiy ta'sir ko'rsatadi
6. Orgagizmni V guruh vitaminlariga bo'lgan talabini qondiradi
7. Yuzdagi husnbuzarlarni ketkazadi
8. Tarkibidagi L-triptofan kayfiyatni ko'taradi va antidepressant ta'sirga ega
9. Ayollar muntazam iste'mol qilsa bepushtlikni oldini oladi
10. Erkaklarga esa quvvat beradi

Sun'iy bo'yoq va konservantlar qo'shilgan muzqaymoqlar yemaganingiz ma'qul!

@Foydali_Uz
719 viewsedited  08:20
Ochish/sharhlash
2022-04-04 07:58:29 Ушбу Рамазон ойи қўлланмаси сифатида келтирилган савол-жавоблар шайх Муҳаммад Содиқ раҳимаҳуллонинг «Мўминнинг қалқони» китобларидан олинган.
Manbaa

@Hikmatlar_Sahifasi
677 views04:58
Ochish/sharhlash
2022-03-26 16:29:43
Piyoz – terini yoshartiradi

Shifokor Nozima Oʻrinova:

Tarkibidagi rux elementining yuqoriligi piyozning yoshartiruvchi xususiyatidan dalolat beradi. Aynan undan tayyorlangan niqob ajinlardan xalos qiladi va terining elastikligini oshiradi.

Buning uchun kichikroq kattalikdagi piyoz qirgʻichdan chiqarib olinadi. Unga oz miqdorda asal qoʻshiladi va aralashtiriladi. Soʻngra yuzga zaytun yogʻidan yupqa qilib surtib olinadi. Ustidan asal qoʻshilgan piyoz massasi yengilgina massaj yordamida surtiladi. Niqob terida 30 daqiqa qoldiriladi. Soʻngra iliq suv bilan yuviladi.

Ushbu piyozli niqobni ikki kun tanaffus bilan yana takrorlash mumkin.

Mehribon Shifokor

@Foydali_Uz
720 views13:29
Ochish/sharhlash
2022-03-19 07:08:54
Limon koʻplab muammolarga yechim boʻladi

Oʻtkir tomoq ogʻrigʻida yarimta limonni qobigʻi bilan isteʼmol qiling. Ogʻizni chayishda ham foydalansangiz boʻladi (uni 3:1 nisbatda suv bilan aralashtirib, kun davomida chayib turing).

Koʻngil aynishi. Shuningdek, yogʻli ovqatlardan keyin jigʻildon qaynashi kuzatilganda, yarimta limon sharbatiga birozgina isteʼmol sodasi qoʻshish kifoya qiladi.

Gripp. Limonni dorivor giyohlarga aralashtirib, choy qilib iching. Bu aralashma gripp profilaktikasiga ijobiy taʼsir qiladi.

Axbor Aʼzamov

@Foydali_Uz ..
685 views04:08
Ochish/sharhlash
2022-02-28 08:32:08
Arab xurmo ayollar salomatligi uchun foyda

Xurmo “ayollarga xos” taom hisoblanadi. Keling, bu ajoyib quritilgan mevalar insoniyatning goʻzal yarmi uchun qanday foydali ekanligini koʻrib chiqamiz.
⠀⠀
Xurmo oʻsimtaga qarshi xususiyatlarga ega va saraton rivojlanishining oldini oladi. Saraton hujayralarini oldini olish uchun xurmoni diyetangizga kiriting.

Xurmo kuchli energiya manbai boʻlib xizmat qiladi: mevani isteʼmol qilgandan 30 daqiqadan soʻng oʻzingizda kuch va energiya paydo boʻlishini his qilasiz. Bu kun davomida faol boʻlishingizga yordam beradi.

Agar siz ozish uchun parhez tutsangiz, barcha shirinliklar va un mahsulotlarini xurmo bilan almashtiring. Xurmo juda yaxshi ovqat hazm qilish jarayonini ragʻbatlantiradi va ichaklarni tozalashga yordam beradi.

Shuningdek, xurmo depressiyaning oldini oladigan va kayfiyatni yaxshilaydigan ajoyib mahsulotdir.

Biroq, xurmo ham ancha yuqori kaloriyali mahsulot ekanligini unutmang. Maksimal kunlik nafaqa - 10 dona!

@Foydali_Uz |
18.4K viewsedited  05:32
Ochish/sharhlash
2022-02-24 08:29:44
Bolalar uchun foydali maxsulotlar

#Tuxum

Tuxum bola uchun deyarli ideal taom hisoblanadi. U yengil hazm bo‘ladi va tarkibida foliy kislotasi, temir va xolin, oqsil, A, D va Ye vitaminlari mavjud. Bolaga qaynatilgan tuxumni pyure holiga keltirib berish mumkin. 8—9 oylikdan boshlab, qaynatilgan tuxum oqini kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish mumkin.


Manba

@Foydali_Uz
795 views05:29
Ochish/sharhlash
2022-02-23 07:10:28


@Foydali_Uz
710 views04:10
Ochish/sharhlash