Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon aytib keldik eshigingizga... Iftor vaqtidan biroz o't | Foydali Moliya

Ramazon aytib keldik eshigingizga...

Iftor vaqtidan biroz o'tar-o'tmas eshik taqilladi. Cho'ntagimdan pul olib, eshikni ochdim. Tashqaridan har kungi tanish ovoz va jumlalar eshitildi:

- Ramazon aytib keldik eshigingizga, Xudoyim o'g'il bersin beshigingizga...

Yoshgina qo'shni bolakay qo'limdan pulni oldi-da, raxmat aytib boshqa uylarga qarab ketdi...

Endi yuqoridagi qisqagina epizodni nega tasvirlab berganimni tushuntirsam:

Olti yoshli qo'shnim o'ziga velosiped olmoqchi, ya'ni unda maqsad bor. Buning uchun esa, o'z imkoniyati va mavsumdan kelib chiqib, ramazon aytish orqali pul yig'yapti. Bolakay doim boshqa "raqobatchilari"dan oldin eshik taqillatadi, ya'ni u "bozor"ga birinchi kirib keladi. Qiziq tomoni, u qaysi uydan pul, qaysi uydan dasturxonda qolgan nimadirlar chiqishini biladi va shunga ko'ra dastlab "pulli uylar"ni aylanib chiqadi. Qarang, olti yoshli bola "bozor" holatini tahlil qila olyapti.

Balki bolakay bularni o'zi anglamasdan qilayotgandir lekin uning harakatlarida e'tiborga olsa arziydigan jihatlar bo'lgani uchun yozdim bularni. Menimcha, Ramazondan keyin qo'shnimni velosipedda aylanib yurganini ko'rsam kerak...

@foydali_moliya