Get Mystery Box with random crypto!

Katta bizneslar qanday yaratiladi? Amerikalik tadbirkor va s | Foydali Moliya

Katta bizneslar qanday yaratiladi?

Amerikalik tadbirkor va sobiq prezident Donald Trampning otasidan oʻrgangan toʻrtta qoidasi:

1. Get in - boshla.
Koʻpchilik biznes boshlashda qulay fursat, imkoniyatni kutadi. Bu narsalar kamdan kam holatda bir paytda, bir inson qoʻlida paydo boʻladi. Koʻpchilik xato qilishdan qoʻrqib biznesni boshlamay turishadi, lekin boshlash uchun jurʼat topganda, biznes gʻoya oʻz kuchini yoʻqotib boʻladi.

2. Get done - bajar.
Har qanday ish xatosiz boʻlmaydi, biznesni boshladingmi, endi uni yurit, xatolar boʻlishi aniq, lekin koʻp oʻylamasdan bajarishga oʻt, xatolardan toʻgʻri xulosa chiqar.

3. Get done right - toʻgʻri bajar. Xatolarni toʻgʻri xulosa qilgan boʻlsang, endi ishlarni toʻgʻri bajarishga oʻt, endi xato qilmasdan toʻgʻri bajar, chunki endigi xatolar qimmatga tushadi. Ishni tizimlashtirishga oʻt, har bir ishchining vazifalarini aniq belgilab ber.

4. Get out - chiqib ket.
Hamma narsa tizimli ishlashni boshlagandan keyin biznesga oʻzingga ishonchli menedjer tayinla, unga hamma narsani oʻrgat, tizim bir maromda ishlashni boshlamaguncha biznesdan xabar olib tur, tizim xatosiz ishlay boshlagach chiqib ket. Boshqa loyihalar ustida ishlashni boshla.

@foydali_moliya