Get Mystery Box with random crypto!

Islomda majburiy to'lov turlari... Ushr Ushr kalimasi arabc | Foydali Moliya

Islomda majburiy to'lov turlari...

Ushr

Ushr kalimasi arabcha so‘z bo‘lib, o‘ndan bir degan maʼnoni bildiradi. Ushr dehqonchilik va bog‘dorchilik mahsulotlarining zakoti. Yaʼni hosil yig‘ilgan paytda uning o‘ndan birini yoki o‘ndan birning yarmini Alloh uchun shariat ko‘rsatgan tarzda ado etish farz bo‘ladi.

“Ekin meva berganda undan yengiz va yig‘im-terim paytida ekinning haqqini bering”. (Anʼom, 141).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Daryolar va bulutlar sug‘organ hosildan ushr beriladi, tuya bilan sug‘orilgan hosildan ushrning yarmi beriladi”. (Muslim rivoyati).

Demak, agar hosil yomg‘ir, sel, daryo, chashma, ko‘l suvlari kabi o‘zi oqib keladigan suvlar bilan sug‘oriladigan bo‘lsa o‘ndan bir, agar suvni tashib kelib yoki sotib olib, mehnat bilan sug‘oriladigan bo‘lsa, o‘ndan birning yarmi, yaʼni hosilning yigirmadan biri miqdorda zakot beriladi.

Ushr berishda yil o‘tishi shart qilinmaydi. Balki hosil yig‘ilgan kuni ushr chiqarish vojib bo‘ladi. Agar yer bir yilda bir necha marta hosil bersa, shuncha marta ushr beriladi.

@foydali_moliya