Get Mystery Box with random crypto!

Fobiya va Sindromlar

Telegram kanalining logotibi fobiya_va_sindromlar — Fobiya va Sindromlar F
Telegram kanalining logotibi fobiya_va_sindromlar — Fobiya va Sindromlar
Kanal manzili: @fobiya_va_sindromlar
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.30K
Kanalning ta’rifi

• Fobiyalar...
• Sindromlar...
• Terminlar...
• Iboralar.....
• Effektlar....
• Mifologiya....
• Admin @Jamshid_Samarqandiy

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-25 06:36:02Mannergeym chizig'i...

Bu 135 kmga, 90 kmni tashkil qiladigan, Finlandiya qirg'oqlaridan to Ladoga ko'ligacha bo'lgan hududdir. Bu hudud urush davrigacha qattiq nazorat ostida bo'lgan.

Bu chizig'ni 1927-39 yillar davomida Sovetlardan himoyalanish maqsadida qurishgan. Chizig' haqida G'arbiy Yevropa matbuoti ko'plab ma'lumotlar berib, uni mustahkamligini aytib o'tishadi. Biroq sovet-fin urushida bu hudud yorib o'tiladi...


Bu chizig' asli shved, sovet fuqorosi baron Karl Mannergeym nomi bilan atalgan. U hattoki general-leytenant lavozimigacha ko'tarilib, Nikolay II ning taxtga kelish marosimida qatnashgan.
Finlandiyaning mustaqilligidan so'ng, u fin generali unvoniga sazovor bo'ldi va keyinchalik sovetlarga qarshi jangga ham chiqqan. 1944-1946 yillar davomida Karl Finlandiyaning prezidenti lavozimida ishlagan.

Qo'shimcha:
- boshqa qo'riqlangan chiziqlar - Majino chizig'i, Molotov chizig'i, Zigfrid chizig'i.
- Dyurand chizig'i - Afg'on va Britaniya o'rtadigi shartnomada belgilangan chiziq.

iHistory
1.2K views03:36
Ochish/sharhlash
2022-04-22 22:02:57
​​IKKIYUZLAMACHI YANUS

Rim mifologiyasiga ko‘ra Yanus bu – vaqt xudosi, har narsaning ibtidosi va intihosi. U ikki qiyofada tasvirlangan. Yuzining bir tomoni kelajakka qaratilgan navqiron ko‘rinishda bo‘lsa, ikkinchi tomoni o‘tmishni eslatuvchi qarilik shaklida bo‘lgan. Shu bois "Ikkiyuzlamachi Yanus" degan ibora kelib chiqqan va keyinchalik beqaror, ikkiyuzlamachilarga nisbatan ta‘rif berilganda "yanus" so‘zi ishlatila boshlangan.

Grigoriy taqvimidagi birinchi oy– Yanvar ham aynan Yanus sharafiga nomlanagan.

@Uz_WikipediYa kanalini kuzatib boring!
1.1K views19:02
Ochish/sharhlash
2022-04-22 22:02:11
Ikki bir-biriga qarama-qarshi ma'no anglatuvchi so'zning bir so'z orqali ifodalanishi.

Odatda ingliz tilida ko'p uchraydi. Inglizlar bunday so'zlarni "contranym", "contronym", "antilogy", "enantiodrome" yoki "Janus word" ("Yanus so'z") deb ham atashadi.

Avto-antonimlarga ham ijozat, ham ta'qiq ma'nosiga ega va bugungi kunda trendda bo'lgan "sanksiya" soʻzi misol boʻla oladi. Yoki "dust" fe'li ayrim o'rinlarda changni tozalash ma'nosida qo'llanilsa, boshqa hollarda aksincha ma'noda ishlatiladi.

Nota bene!
857 views19:02
Ochish/sharhlash
2022-04-21 18:24:16
"Kleyne-Levin" sindromi

Nisbatan kam uchraydigan ushbu nevrologik kasallik uyquning haddan tashqari ko'payib ketishi (gipersomniya) bilan tavsiflanadi. Unga chalingan odamlar kuniga 18 soatgacha (va undan ortiqroq ham) uxlashi mumkin. Ular faqat ovqatlanish va hojatga chiqish uchungina uyg'onadilar. Agar uyquga kimdir halal bersa, asabiy va agressiv munosabatda bo'lishadi. Ushbu sindrom odatda o'smirlik davrida yuzaga keladi.

Kasallik haqida ilk ma'lumotlar frantsuz shifokori Edme Pyer Shavo de Boshen qo'llanmalarida uchraydi. Keyinchalik Villi Kleyne (1925) va Maks Levin (1936) tomonidan chuqur tadqiq qilingan. Shu tufayli u "Kleyne-Levin sindromi" nomini olgan.

O'ziga xos belgilari tufayli "Kleyne-Levin sindromi" mashxur multpersonajni yodga soladi va shu sababli "Uyqudagi malika sindromi" deb ham nomlanadi.

Nota bene!
831 viewsedited  15:24
Ochish/sharhlash
2022-04-18 20:25:34 "Qora oqqush"

Har qanday kutilmagan katta hodisa – u xoh salbiy bo‘lsin, xoh ijobiy – insoniyat tarixida chuqur iz qoldiradi. Bunday hodisalar fan tilida «qora oqqush hodisasi» (black swan event) deb ataladi.

2019 yil dekabr oyida Uxan shahrida boshlangan Covid-19 epidemiyasining dunyoga ta'sirini bundan bir necha yil oldin tasavvur qilish qiyin edi. Hatto ba'zi mutaxassislar Covid-19’ni mavsumiy gripp yoki boshqa o‘pka kasalliklariga o‘xshatishdi, vahima qilishga o‘rin yo‘qligini ta'kidlashdi.

Bu – xuddi qora oqqushning Avstraliya qirg‘oqlarida mavjud ekaniga ornitolog olimlar ishonmay kelishgani, toki 1697 yilda uni ko‘rib hayratda qolganlaridek, yuzaga kelib turgan pandemiya ko‘pchilik uchun haqiqiy «syurpriz» bo‘ldi.

«Qora oqqush hodisasi» iborasi ilm-fan, moliya va texnologiya tarixida kutilmaganda sodir bo‘ladigan, sodir bo‘lishi ehtimoli juda past bo‘lgan, ammo sodir bo‘lsa jiddiy zarar keltiradigan hodisalarga ishlatiladi.

Bunday hodisalarning murakkab tomoni shundaki, ularning qachon sodir bo‘lishini va voqealarning qaysi tomonga va qanchalik tez rivojlanishini taxmin qilishning imkoni yo‘q. Iqtisodchilar tili bilan aytganda, keyingi voqealar rivojini taxmin qilish uchun ma'lumotlar yetarli emas.

«Qora oqqush» hodisasining iqtisodiy zarari misli ko‘rilmagan bo‘ladi, uni oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi, uni faqat to‘g‘ri iqtisodiy siyosat orqali kam talafot bilan o‘tkazish mumkin.

Bunga kurka haqidagi masalni misol qilib keltirsak bo‘ladi. Kurka tuxumdan chiqqanidan boshlab ming kun davomida xo‘jayini uni uch mahal ovqat bilan siylaydi va unga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Hatto kurka «insonlar bizning haqiqiy do‘stimiz» deb o‘ylashni boshlaydi... Toki o‘sha mash'um ming birinchi kun kelmaguncha. Shukronalik kuni tongida kurka uchun misli ko‘rilmagan voqea sodir bo‘ladi, mehribon xo‘jayini undan mazali taom tayyorlashni rejalashtirgandi
.

Tepadagi rasmda 1000 kun davomida kurkaning xo‘jayiniga bo‘lgan ishonchi oshib borishini ko‘rishimiz mumkin, 1001-kun esa o‘sha ishonch batamom yo‘q bo‘ladi.

@Fobiya_va_Sindromlar
862 viewsedited  17:25
Ochish/sharhlash
2022-04-18 20:25:34
"Qora oqqush" asaridan
Muallif:Nassim Nikolas Taleb
722 views17:25
Ochish/sharhlash
2022-04-16 06:36:02 Етти қават осмон

Имом Бухорий ва Имом Муслимлардан ривоят қилинган «исро ва меърож» ҳақидаги ҳадисларда пайғамбаримиз Муҳаммад с.а.в.нинг Масжидул ақсодан осмонга кўтарилганликлари ҳақида ривоят қилинади. Ушбу ҳадисга кўра, Расулуллоҳ с.а.в. еттита осмондан ўтадилар ва ҳар бир осмонда қуйидаги пайғамбарлар билан учрашадилар:

1. Биринчи осмон — Одам алайҳиссалом
2. Иккинчи осмон — Исо ва Яҳё алайҳиссаломлар
3. Учинчи осмон — Юсуф алайҳиссалом
4. Тўртинчи осмон — Идрис алайҳиссалом
5. Бешинчи осмон — Ҳорун алайҳиссалом
6. Олтинчи осмон — Мусо алайҳиссалом
7. Еттинчи осмон — Иброҳим алайҳиссалом.

@xurshidabdurashid
857 views03:36
Ochish/sharhlash
2022-04-16 06:36:02 Етти хазинани биласизми?

1. Сигир — рўзғорнинг қассоби ва баққоли
2. Асалари — оиланинг табиби
3. Ипак қурти — қизларнинг сепи
4. Обжувоз — қозоннинг ёғи
5. Тегирмон — қориннинг белбоғи
6. Ўрмон — иморат «суяги», қозон олови
7. Товуқ — ҳам обиёвғон, ҳам дори-дармон

Етти авлодни биласизми?

1. Фарзанд
2. Невара
3. Чевара
4. Эвара
5. Панневара
6. Овора
7. Бегона

Етти иқлимни биласизми?

1. Экваториал
2. Субекваториал
3. Тропик
4. Субтропик
5. Мўтадил
6. Субарктик
7. Арктик

@xurshidabdurashid
761 views03:36
Ochish/sharhlash
2022-04-14 15:13:17 ​​#terms

Xyuston, bizda muammo paydo bo‘ldi

Ko‘pchiligimizga tanish bo‘lgan ushbu ibora ilk bor 1964-yil “Robinzon Kruzo Marsda“ fantastik filmida yangragan. 1969-yili ibora “Yo‘qolganlar“ filmida yangraydi.

Iboraning mashhur bo‘lib ketishiga falokat bo‘lishiga oz qolgan voqea sababchi bo‘lgan. 11-aprel 1970-yili “Apollon-13“ kosmik missiyasi Oyga yuboriladi. Parvozdan uch sutka o‘tib, bortda avariya sodir bo‘ladi: kislorod balloni portlab, yoqilg‘i batareyalari zararlanadi, asosiy tizim ishdan chiqadi. Natijada, astronavtlar Jeyms Lovell, Jon Suaygert va Fred Heyz cheklangan kislorod va ichimlik suvi bilan kosmik kemada qolib ketishadi. Kutilmaganda sodir bo‘lgan vaziyat haqida Xyuston kosmik parvozlar markaziga xabar berar ekan, J.Suaygert “Xyuston, bizda muammo paydo bo‘ldi“ deydi. Qiziq tomoni, “Yo‘qolganlar“ filmining premyerasidan 5 oy o‘tib “Apollon-13“ astronavtlari ham filmdagi qahramonlar tushgan vaziyatga tushib qolishadi. Xuddi “Yo‘qolganlar“ filmi qahramonlari kabi astronavtlar ham qiyin vaziyatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishadi. Iboraning yanada mashhur bo‘lishiga 1995-yilgi “Apollon-13“ filmida yangrashi sabab bo‘lgan.

Hozirda ushbu ibora qiyin vaziyatga tushib qolinganda hazil, jiddiy, kinoya va boshqa ko‘rinishda ishlatilishi mumkin.

@kundaleaks
727 views12:13
Ochish/sharhlash
2022-04-14 13:27:45
#Fobiyalar

D va E -bilan boshlanuvchi fobiyalar


Dendrofobiya - Daraxtlardan qo'rqish

Dentofobiya - Tish shifokorlaridan qo'rqish

Domatofobiya - Uylardan qo'rqish

Distixifobiya - Baxtsiz hodisalardan qo'rqish

E

Ekofobiya - Uydan qo'rqish

Elurofobiya - Mushuklardan qo'rqish

Entomofobiya - Hasharotlardan qo'rqish

Ephebifobiya - O'smirlardan qo'rqish

Ekvinofobiya - Otlardan qo'rqish

@Fobiya_va_Sindromlar
667 views10:27
Ochish/sharhlash