Get Mystery Box with random crypto!

Prezident farmoni bilan Qoraqalpogʻistonda quyidagi vaqtinchal | F.M|Personal blog

Prezident farmoni bilan Qoraqalpogʻistonda quyidagi vaqtinchalik cheklovlar ham oʻrnatilmoqda:

— jamoat tartibini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda aholining hayot faoliyatini taʼminlovchi infratuzilma obyektlarini muhofaza qilish kuchaytiriladi;

— Qoraqalpogʻiston Respublikasida harakatlanish erkinligi, shu jumladan, transport vositalari harakati cheklanadi;

— jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari tekshiriladi, ularning shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladi, ulardagi ashyolar va transport vositalari koʻzdan kechiriladi;

— tinch yigʻilishlar, koʻngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi taqiqlanadi;

— yuridik shaxslar faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar taqiqlanadi;

— qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilishi taqiqlanadi.

— shuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etiladi.

— jismoniy shaxslardan qurol va oʻq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik shaxslardan esa qurol, oʻq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va oʻquv-harbiy texnika, portlovchi va radiaktiv moddalar vaqtinchalik olib qoʻyiladi.

Kanalga obuna bo‘ling
@gazetauz_ozb