Get Mystery Box with random crypto!

​​​ Bugun 18-fevral, elektr fizikasi sohasida eng dastlabki il | Fizika sharxi

​​​
Bugun 18-fevral, elektr fizikasi sohasida eng dastlabki ilmiy ishlar mualliflaridan biri, italyan fizigi va kimyogari Allesandro Volta tug'ilgan sana.
Alessandro Volta (1745 - 1827) Italiyaning Komo shahrida tug‘ilgan. 18 yoshidayoq, zamonaviy fizika masalalari borasida yirik olimlar bilan yozishmalar olib borgan. Shunisi qiziqki, Volta aniq fanlarga ham, badiiy did bilan yondoshgan. Misol uchun u 19 yoshida, o‘z zamonasida yuz bergan kimyoviy va fizik kashfiyotlar hamda, ixtirolar haqida, lotin tilida qasida yozgan ekan.

Voltaning birinchi ilmiy ishi 1764-yilda nashrdan chiqqan bo‘lib, unda "leyden bankasi" haqida so‘z yuritiladi. 1771-yilda esa, Voltaning nisbatan mukammalroq ilmiy risolasi - "Elektrni qo‘zg‘atish usullarining empirik tadqiqotlari va mashina konstruksiyasini takomillashtirish" nomi ostida chop etildi. 1774-yildan boshlab Volta ona shahridagi maktablarning birida fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshlaydi. 1777-yilda u avval, elektroforni, keyinroq kondensatorni ixtiro qiladi. Bu hammasi emas: Voltaning ixtirolari qatoriga yana elektr to‘pponcha, vodorod lampasi, hamda evdiometr1larni kiritish joiz. Ko‘rinib turibdiki, Volta nafaqat yuksak zehnli nazariyotchi, balki, amaliy ixtirolar borasida ham ancha samarador ijod qilgan ekan.

Yuqoridagi kabi ilmiy kashfiyot va ixtirolar, jamoatchilik va ayniqsa davlat rahbarlarining nazaridan chetda qolmadi. 1777-yilda Alessandro Volta Pavia universitetida fizika professori unvoni bilan ishga tayinlandi. Taxminan 1780 yilda u olovli zondni ixtiro qildi. U shaxsan Napoleon tomonidan qo‘llab quvvatlanar edi va Pavia instituti faxriy a'zosi etib saylandi. Volta jonivorlarda elektr toki masalasida Luiji Galvani olib borgan tadqiqotlarni o'rganib chiqib, aslida elektr hodisalari jonivor tanasida emas, balki, unga ta'sir qilayotgan metallardan kelib chiqayotganini aniqlagan.
Biz bugungi kunda elektr kuchlanish birligi sifatida qo'llaydigan volt birligi ham aynan Volta sharafiga nomlangandir.

@fizika_sharxi