Get Mystery Box with random crypto!

​Shryodinger mushugi Bu nisbatan ommalashgan va mashhur illus | Fizika sharxi

​Shryodinger mushugi

Bu nisbatan ommalashgan va mashhur illustratsiya bo‘lib, unda kvant olamidagi real manzarani tushunishga bo‘lgan urinishlarning qanday paradokslarga olib kelishi ifodalanadi. Quti ichidagi mushuk bilan o‘tkaziladigan ushbu xayoliy tajribani 1935-yilda Ervin Shryodinger taklif qilgan.
Uning g‘oyasiga ko‘ra, qandaydir makroskopik obyektning, masalan, quti ichidagi tirik yoki o‘lik mushukning atomning parchalanishi singari, mikroskopik kvant hodisasi bilan o‘zaro bog‘lash masalasi o‘rtaga tashlanadi. Unda, shunday fikr yuritiladi: aytaylik, quti ichida shunday bir uskuna
borki, u yadroviy parchalanish oqibatida, ya’ni tasodifiy kvant hodisasi ta’sirida, o‘ziga bog‘langan bolg‘ani harakatga keltiradi. O‘z navbatida o‘sha bolg‘a ichida zahar solingan kolbani sindiradi va natijada mushuk o‘ladi. Muammo shundaki, parchalanayotgan atom superpozitsiya holatida
bo‘lishi, ya’ni, u bir vaqtning o‘zida har ikkala holatda mavjud bo‘lishi mumkin. Demak, mushuk ham bir vaqtning o‘zida ham tirik va ham o‘lik holatda bo‘lishi mumkin. Kvant superpozitsiyasi odatda kvant obyektini o‘lchash orqali bartaraf etiladi. Shu sababli ham, biz qutini ochishimiz
bilanoq, mushukning yoki hali ham tirik ekanini, yoki, o‘lib bo‘lganini ko‘ramiz. Lekin bu, biz qutini ochgunimizcha mushuk qay holatda bo‘lganini aniq aytishga asos bo‘la olmaydi. Ayrim olimlar, bizning nimani kuzatayotganimizda qat’iy nazar mushukning holatini aniq belgilab qo‘yadigan qandaydir fizik hodisa sodir bo‘ladi deb hisoblaydilar. Boshqa bir olimlar esa, mushuk uchun ham superpozitsiya holati, ya’ni, mushuk ayni bir vaqtning o‘zida ham tirik va ham o‘lik bo‘ladigan holat mavjud bo‘ladi deb ishonadilar.

@fizika_sharxi