Get Mystery Box with random crypto!

​​Oʼzbekistonning iqtisodiy erkinlik reytingida ahvoli yomonla | Moliyaviy savodxonlik | Financial literacy

​​Oʼzbekistonning iqtisodiy erkinlik reytingida ahvoli yomonlashgan

Аhvolimizning yomonlashishiga Sudning samaradorligi va Mulkchilik huquqi boʼyicha vaziyatning orqaga ketgani eng koʼp taʼsir oʼtkazgan. Oxirgi yillarda mustaqil sud yoʼqligi va mulk huquqi changga aylantirilganini oʼzbekistonliklar oʼzining tanasida va hayotida his etishmoqda.

Yana shuningdek, biznes erkinligi, mehnat bozoridagi erkinlik, hukumat yaxlitligi, soliq yuki, davlat xarajatlari va fiskal salomatlik pozitsiyalarida ham ortga qaytish yuz bergan.

Umumiy qilib olganda, huquq ustuvorligi, davlat aralashuvi va tartibga solish samaradorligi masalalarida ahvol ogʼirlashgan. Bularning hammasi qoʼshilib, iqtisodiy erkinlik reytingida 9 pogʼonaga, 117- oʼringacha pasayishimiz yuz bergan.

Reytingda TOP-50dan faqat toʼrtta sobiq sovet oʼlkasi joy olgan. Bular Rossiya taʼsiridan rosmana ozod boʼla olgan va erkin taraqqiyot yoʼlini tutgan, erkin saylovlarda doimiy almashinadigan va fuqarolarga hisobdor hukumatga ega Estoniya (7- oʼrin), Litva (17-oʼrin), Latviya (18-oʼrin) va Gruziya (26- oʼrin).