Get Mystery Box with random crypto!

Eslatma 2022-yil 10-mart - qimmatli qog‘ozlar markaziy depoz | FINANCE TEAM I Rasmiy kanali

Eslatma 2022-yil 10-mart

- qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 133-moddasi 12-qismi);

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi).

Telegram | Facebook | Instagram