Get Mystery Box with random crypto!

Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha ketma-ket 5 kun dam ol | FINANCE TEAM I Rasmiy kanali

Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha ketma-ket 5 kun dam oladimi?

Javob: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasiga ega xodimlar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Izoh:

“2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan 22-23 mart kunlari ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

Shunga asoslanib, Navro‘z bayrami munosabati bilan:

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

Dam olish kunlari quyidagi tartibda bo‘ladi:

19 mart, shanba
— 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
20 mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
21 mart, dushanba — Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22 mart, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
23 mart, chorshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Kanalga ulanish: @financeteamcom