Get Mystery Box with random crypto!

IQTISODIYOT.UZ

Telegram kanalining logotibi fin_economy_uz — IQTISODIYOT.UZ I
Telegram kanalining logotibi fin_economy_uz — IQTISODIYOT.UZ
Kanal manzili: @fin_economy_uz
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 399
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot fakulteti rasmiy sahifasi.
Barcha fikr-mulohazalaringiz inobatga olinadi.
@Iqtisodiyot_feedbackbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-03 11:02:18 ​​ Diqqat tanlov

2021-yilda Toshkent moliya instituti o‘zining 30 yillik ayyomini nishonlaydi. Shu munosabat bilan maxsus logotip ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda institutimiz tasarrufida bo’lgan texnikum, akademik litsey o‘quvchilari, talabalarimiz hamda tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:
- institutning 30 yillik faoliyatini falsafiy ifoda etish;
- loyiha ruchka, qayd daftari, kiyimlar, kitob muqovasi va h.k. lar uchun universal ko'rinishga ega bo'lishi;
- ijodiy ishda 30 yillik ayyomga alohida urg‘u berish;
- kreativ yondashuv asosida betakror badiiy yechimga ega ishlanmalardan ramz sifatida foydalanish;
-zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib olinadigan, noan’anaviy shaklga va yorqin ranglar uyg’unligiga ega bo‘lishi lozim.

Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga ko‘ra:
har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG formatda @TmiMurojaat_bot orqali yuborilishi talab etiladi.

Logotip Toshkent moliya instituti Kengashi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda loyihalar 2021-yilning 15-fevral sanasi soat 23:59ga qadar qabul qilinadi.

G‘olib 2021-yil 18-fevral kuni e’lon qilinadi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

https://t.me/tfi_news
259 views08:02
Ochish/sharhlash
2021-02-03 09:56:00
Yapon tili alifbosini o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!
320 views06:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 11:08:22 ​​Yuqori kurs talabalari va korxona rahbarlari diqqatiga

Toshkent moliya instituti 2020/2021-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini bo‘sh ish o‘rinlariga taqsimlash jarayoni boshlanganligini ma’lum qiladi.

Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida ish joyini tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida tumanlardagi hokimliklar, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul xodimlarini hamda respublikamizda faoliyat yuritayotgan turli korxona va tashkilot rahbar-hodimlari bitiruvchilar bilan bevosita suhbat o‘tkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirish uchun 2021-yilning 18-fevral kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar institutda o‘tkaziladigan “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasiga tashrif buyuradilar.

Ushbu tadbirda bitiruvchi va yuqori kurs talabalari o’zlarining CV(shaxsiy ma’lumotnoma) larini taqdim etgan holda faol ishtirok etishlarini so’raymiz

“Karyera kunlari” haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni 71-234-41-39, 97-410-78-64 telefon raqamlari yoki “Batafsil” rukni orqali olishingiz mumkin.

https://t.me/tfi_news
254 views08:08
Ochish/sharhlash
2021-01-30 09:58:38
#Tanlov

Qimmatbaho sovg'alar egasi bo'lishni xohlaysizmi?


Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tanlov e'lon qildi. O'z mahoratingizni ishga solib Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi logotipini yaratishda ishtirok eting va qimmatbaho sovg'alar egasiga aylaning.

Tanlov shartlari:

logotipda bo'lim va uning faoliyatini aks ettirish;
yoshlar va ilm-fan uyg'unligini aks ettirish;
zamonaviy ranglardan foydalanish;
har bir talaba faqat bitta loyiha bilan ishtirok etishi;
logotiplar jpg va png ko'rinishida bo'lishi talab etiladi.

Loyihalar 2021-yilning 1-fevralidan 1-martgacha telegram orqali @JaloliddinGaipov tomonidan qabul qilinadi.

Shoshiling, ushbu tarixiy voqea sizning nomingiz bilan muhrlanishi mumkin

@TMIiqtidorlitalabalar
286 views06:58
Ochish/sharhlash
2021-01-30 09:57:36 ​​Bugun, 30-yanvar kuni, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana.

Joylari jannatdan bo‘lsin, Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!
232 views06:57
Ochish/sharhlash
2021-01-28 20:32:50
Tajribali va muvaffaqiyatli hamyurtlarimiz bilan muloqot qilish, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritish va xorijiy davlatlarda tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 2021-yil 26-28- fevral kunlari Toshkent shahri va viloyatida “El-yurt umidi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari” mavzusida ikkinchi xalqaro Forum o'tkazilmoqda.

Forumda ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarida doimiy istiqomat qilayotgan 18 yoshga to‘lgan va 35 yoshdan oshmagan jami 100 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlar tanlov asosida saralab olinadi.

Ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 10-fevraliga qadar www.2021.eyuf.uz platformasi orqali ariza topshirishlari so'raladi.

Batafsil...

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
344 views17:32
Ochish/sharhlash
2021-01-27 22:11:59
Ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш бўйича муҳим йўналишлар кўрсатиб ўтилди

Обозначены важные направления обеспечения занятости и содержательной организации досуга молодежи

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
302 views19:11
Ochish/sharhlash
2021-01-27 22:11:46
​​Талабалар учун қувончли хабар!

27 январь куни Президентимиз Шавкат Мирзиёев раислигида “Мамлакатимизда ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш чора-тадбирлари”га бағишланган видеоселектр йиғилиши бўлиб ўтди.

Унда ёшларимизни қувонтирадиган кўплаб масалалар кўрилди.

Жумладан, давлат раҳбари 2021-2023 йилларда талабаларни турар жой билан таъминлаш бўйича дастур қабул қилишни муҳим масала сифатида қўйди ва бу хукуматга топшириқ сифатида юклатилди. Шунингдек, талабалар таълими ва яшаш шароитини янада яхшилаш, улар ўртасида ички туризмни ривожлантириш, кўнгилочар концерт дастурларини қайта тиклаш, ёшлар учун маънавий ва маърифий тадбирларни кўпайтириш каби вазифалар масъулларга вазифа қилиб берилди.

Аминмизки, президентнинг ёшларга қаратаётган бундай эътибор ва ғамхўрлиги ҳар бир талабани қувонтириб, янада руҳлантиради. Улар ҳам бунга муносиб жавоб сифатида ўз билим ва иқтидорларини мамлакат равнақи учун сафарбар қиладилар.

Вазирлик каналини кузатиб
боринг

OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
297 views19:11
Ochish/sharhlash
2021-01-27 11:11:56 ​​ Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги танлов эълон қилади!

Қадрли ёшлар!

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг логотипини яратиш бўйича вазир буйруғи имзоланди.

Ўз ижодингиз ва креатив ғояларингиз билан Apple iPhone 12 Pro Max смартфонига эга бўлишни қўлдан бой берманг!

Танловда техникум, академик лицейлар ўқувчилари ва талабалар ҳамда 30 ёшгача бўлган тадқиқотчиларимиз иштирок этишлари мумкин.

Танлов шартлари:
-вазирликнинг фаолияти ва аҳамиятини фалсафий ифода этиш;
-бетакрор бадиий ечим ва креатив ёндашувга эга бўлиши ҳамда ундан рамз сифатида фойдаланиш мумкинлиги;
-замонавий, ўзига хос, осон таниб олинадиган ва ноанъанавий шаклга эга бўлиши лозим.

Танловга лойиҳалар тақдим этиш тартибига кўра:
ҳар бир иштирокчи танловда фақат битта лойиҳа тақдим этиши мумкин;
логотип лойиҳаси формати – 10 Мб гача, икки кўринишда – PNG ва JPG форматда logo@edu.uz электрон почта манзилига юборилиши талаб этилади.

Логотип Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузурида ташкил этилган Ҳакамлар ҳайъати томонидан кўриб чиқилади.

Танловда лойиҳалар бир босқичда 2021 йил 1 февралдан 25 февраль соат 23:59гача қабул қилинади.

Ғолиб 2021 йил 2 мартда эълон қилинади.

Вазирлик телеграм каналига
уланиш

https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
219 views08:11
Ochish/sharhlash
2021-01-26 06:21:12 Toshkent moliya instituti Axborot resurs markazi telegram kanaliga ulaning. U yerda siz fan bo'yicha ko'plab elektron kitoblarni topishingiz mumkin. Endlikda ushbu kanalga jahon va mahalliy yozuvchi va shoirlarning nodir asarlari, hikoyalarining elektron nusxalari ham joylashtirildi

Kanalga ulanish uchun

http://t.me/moliya_kutub

Bizni kuzatishda davom eting:
@fin_economy_uz
335 views03:21
Ochish/sharhlash