Get Mystery Box with random crypto!

​​ Diqqat tanlov 2021-yilda Toshkent moliya instituti o‘zin | IQTISODIYOT.UZ

​​ Diqqat tanlov

2021-yilda Toshkent moliya instituti o‘zining 30 yillik ayyomini nishonlaydi. Shu munosabat bilan maxsus logotip ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda institutimiz tasarrufida bo’lgan texnikum, akademik litsey o‘quvchilari, talabalarimiz hamda tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:
- institutning 30 yillik faoliyatini falsafiy ifoda etish;
- loyiha ruchka, qayd daftari, kiyimlar, kitob muqovasi va h.k. lar uchun universal ko'rinishga ega bo'lishi;
- ijodiy ishda 30 yillik ayyomga alohida urg‘u berish;
- kreativ yondashuv asosida betakror badiiy yechimga ega ishlanmalardan ramz sifatida foydalanish;
-zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib olinadigan, noan’anaviy shaklga va yorqin ranglar uyg’unligiga ega bo‘lishi lozim.

Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga ko‘ra:
har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG formatda @TmiMurojaat_bot orqali yuborilishi talab etiladi.

Logotip Toshkent moliya instituti Kengashi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda loyihalar 2021-yilning 15-fevral sanasi soat 23:59ga qadar qabul qilinadi.

G‘olib 2021-yil 18-fevral kuni e’lon qilinadi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

https://t.me/tfi_news