Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi o'zbek adabiy tili

Telegram kanalining logotibi filolog_jurayeva — Hozirgi o'zbek adabiy tili H
Telegram kanalining logotibi filolog_jurayeva — Hozirgi o'zbek adabiy tili
Kanal manzili: @filolog_jurayeva
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 205
Kanalning ta’rifi

Qo'qon davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD Ramziya Jo'rayevaning Hozirgi o'zbek adabiy tili fani yuzasidan kanali. Ushbu kanalda berib boriladigan fikrlar muallif qarashlaridir. Savol, taklif va fikr-mulohazalar uchun @RJurayeva

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-07 17:45:01
Qatnashchi shaharlik ekani aniq
201 viewsR. Jo'rayeva, 14:45
Ochish/sharhlash
2022-12-07 17:39:13 “Morrining seshanba darslari” (Tuesdays with Morrie)
Kitob muallifi – Mich Elbom
Janri:
Biografiya, falsafa, esdalik

Kitobning yozilish tarixi haqida qisqacha
Mich Elbom 1995-yili televizorda universitetdagi ustozi – professor Morri Shvarts bilan boʻlgan suhbatni koʻrib qoladi.

Professor oxiri oʻlim bilan yakunlanuvchi yon amiotrofik skleroz xastaligiga chalingan va  hayotining soʻnggi oylarini boshqalar bilan oʻlish nimani anglatishi haqida suhbat qilishga bagʻishlagan boʻladi.

Ustozi bilan aloqani uzib qoʻygani uchun oʻzini aybdor sezgan Mich professorni koʻrgani boradi. Keyingi hafta yana tashrif buyuradi va har hafta seshanba kuni ustozi bilan uchrashishni odat qiladi.

Har tashrifda ular inson hayotidagi turli mavzular haqida suhbat quradi. Mich esa professorning tibbiy xarajatlarini toʻlash uchun bu suhbatlarni yozib, kitob shaklida chop etib, sotishni rejalashtiradi.

Kitob 1997-yil chop etiladi va kutilmaganda juda katta obroʻ qozonadi. Kitob 2000-yilga kelib badiiy boʻlmagan kitoblar savdosi boʻyicha bestsellerga aylanadi.

Hozirda kitob 45 tilga tarjima qilingan va oliygohlar darslari, mustaqil oʻqish va turli seminarlarda foydalaniladi.
195 viewsR. Jo'rayeva, 14:39
Ochish/sharhlash
2022-12-05 19:23:14
Mualliflik huquqi haqida eshitganmiz. Lekin hozir ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqini o‘ylamay bemalol kitob yoki dissertatsiya tarqatamiz. Aslida kitob yoki maqola muallifning mehnati sanaladi va u roziligisiz tarqatish qonunga xilof. Research.gate da ro‘yxatdan o‘tib, profil ochganman. Maqolamning to‘liq variantini yuklab olmoqchi ekan, menga ruxsat berasizmi, degan mazmunda xabar jo‘natishibdi. Javob berishni e‘tiborsiz qoldirsam, bugun yana jo‘natishdi. Demak, Muqimiy ijodiga qiziqishi bor ekan, deb ruxsat bera qoldim .
242 viewsR. Jo'rayeva, edited  16:23
Ochish/sharhlash
2022-12-05 05:07:14
Ozarbayjon tilida rang nomlari.
246 viewsR. Jo'rayeva, edited  02:07
Ochish/sharhlash
2022-11-30 07:05:03 Talabalarimiz yaxshi tashabbus bilan chiqishibdi, barakalla!
351 viewsR. Jo'rayeva, 04:05
Ochish/sharhlash
2022-11-30 07:04:26
#_Diqqa_eʼlon

"ONA TILIM - GʻURURIM, FAXRIM"

Nomli loyihada ishtirok eting!

Shartlar juda oddiy - turli telekanal yoki koʻchalardagi eʼlon va joy nomlaridagi imloviy xatolarni suratga oling va bizga yuboring!

Ism familiyangiz va fakultetingizni ham yozishni unutmang!

Barcha fakultetlardan faollikni talab etamiz!
Yil soʻngida sarhisob qilinadi....

Oʻz fakultetingiz sha'nini himoya qiling.Va ,eng avvalo, oʻz tilingizning sofligini saqlashda oʻz hissangizni qoʻshing.


Olgan suratlaringizni @Sadoiy_No1 ga yuboring. Yuborilgan materiallar @uzblog_markaz kanalida havola etib boriladi. Kuzatib boring!

https://t.me/uzblog_markaz
267 viewsR. Jo'rayeva, 04:04
Ochish/sharhlash