Get Mystery Box with random crypto!

Fikrbank - Xurshid Maroziqov kanali

Telegram kanalining logotibi fikrbank — Fikrbank - Xurshid Maroziqov kanali F
Telegram kanalining logotibi fikrbank — Fikrbank - Xurshid Maroziqov kanali
Kanal manzili: @fikrbank
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.25K
Kanalning ta’rifi

Premium Content.
Tadbirkor Xurshid Maroziqovning shaxsiy kanali.
Bog’lanish uchun @BiradgaGapBot ga yozing.
Brending va Logolar uchun @belgikerak

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2021-09-30 23:27:51 DARSDAN SO‘NG

Kimnidir koyidi chekkani uchun.
Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham.
Mashq daftarlarin yig‘di-da, so‘ngra
Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam.
«Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr.
Bu safar ham ikki qo‘ymay turaman,
Ertaga qolganlar topshirsinlar. Xayr».
Qish kuni — bir tutam. Qoraygandi qosh.
Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketishga
«Ko‘ngli sovidimi...» — vahm etdi birdan.
Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
«Tunab keting, — dedi . — Kech bo‘lib qoldi»
Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni
Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi.
Ovul tugab, endi qirga chiqqanda
Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi.
«O‘g‘lim xastalanib qoldimikan yo...»
Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv.
O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.
Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh,
Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib,
Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan,
Iziga bir daftar tashladi yoqib.
Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng — yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqichga berardi ilojsiz sabr.
Yo‘lovchi — yoqardi, qashqir — to‘xtardi,
Tin olardi ikkov har daftarda bir.
Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och,
Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi
Muallimda daftar, qashqirda — toqat.
Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi.
No‘noq nazmim uchun afv et, xalqim,
Na olim, na fozil, na so‘z piriman.
O‘z vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan she’rlarimni oshiqlar.
Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n,
Bilaman, bular bir oddiy mashqlar.
Lekin... ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
O‘zimcha asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.
Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni.
... Sen yo‘l bo‘yi yoqib tashlab ketaver
Qashqirlar qo‘rqquvchi kitoblarimni.

Matnazar ABDULHAKIM

Bayram bilan Aziz ustozlar.
@fikrbank
6.5K viewsedited  20:27
Ochish/sharhlash
2021-09-27 07:21:05 Google rahbari Sundar Pichai 60 soniyalik nutqida shunday deydi:

Tasavvur qiling hayot siz ularni tushirib yubormaslikka harakat qilib havoda aylantirayotgan 5 koptokdan iborat o‘yin. Ulardan bittasi charmdan qolgan to‘rttasi esa shishadan yasalgan.

Bu besh koptokchalar:
Ish, oila, sog‘lik, do‘stlar, ruh.

Uncha ko‘p vaqt o‘tmay siz anglab yetasizki charmdan qilingan koptokcha bu ish. Qachondir tushib ketsa, u yana sopchib yuqoriga qaytib chiqadi. Biroq qolgan to‘pchalar shishadan yasalganligi uchun, birortasi tushib ketsa qaytib asl holiga kelmaydi. Yorilishi, sinishi, xatto parcha-parcha bo‘lib ketishi turgan gap. Siz bundan ogoh bo‘lib, ularni o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘ynatishingiz kerak bo‘ladi.

Ishlaringizni ish paytida to‘g‘ri taqsimlang, qalbingizni pok saqlashga jiddu-jahd qiling, oilangiz va do‘stlaringiz uchun zarur vaqtni ajrating, o‘z vaqtida hordiq oling va sog‘ligingizni asrang. Ularni yo‘qotsangiz, avvalgi holiga qaytishi dushvor.

Murodjon Abdullaev
@fikrbank
3.8K views04:21
Ochish/sharhlash
2021-09-19 23:31:38
Milliy Tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning saylovoldi tashviqot banneri.

Qolgan nomzodlarniki ham ko'ramiz. Nisbatan noodatiy ko'rinish bo'ladimi yoki doimgi bayroqli fondagi partiya tamg'asi bilan "ko'z zerikkan" dizaynlarmi.

@fikrbank
4.5K viewsedited  20:31
Ochish/sharhlash
2021-09-18 11:07:51
Evosning achchiq lavash reklama posti. Tarjimaga diqqat qiling.
EVOS sevimli brendim bo’lsada, bir narsani takidlash kerak -
O’zbekistonda o’zbek tilini bilmaydigan marketologlar uchun kelajak yo’q.

Marketing bu - nafaqat bozorni va madaniyatni bilish. Balki ommaga ular tilida to’g’ri ma’lumot berishhamdir.

Google Translate - hali mukammal emas.
@fikrbank
4.2K views08:07
Ochish/sharhlash
2021-09-12 01:56:12
Data alohida narsa, bir necha qatlamli ma'lumotlarni kishilar tushinadigan darajada soddalashtirsh alohida san'at ekan. Shuni o'rgandim. Quyida "Ma'lumotlar Vizualizatsiyasi va Axborot dizayni: Vizual modellar yaratish" kursini tamomlaganim haqida sertifikat. Shu chellenjni kim oladi?

@fikrbank
1.3K views22:56
Ochish/sharhlash
2021-09-06 17:10:25 TentakMaynds va boshqa bir qancha “o’zicha progressivlar” ora-orada dinni kamsituvchi, yoki unga e’tiqod qiluvchilarning aqidalarini mazah qilib post qo’yadi. A. M. Aliy hurlar haqida gapirganini qo’yib, “Ovoz beringlar hurlaarr” degan ma’noda istehzo qilyapti. Gapirgan odamni shaxsini chetga surib, u aytgan gaplar musulmonlar aqidasi ekanligini bilishi lozim bu odam. Va bunga o’z navbatida tolerant bo’lish kerak.

Bundaylar odatda jamiyatshunoslikni umuman tushunmaydi va o’z hayot falsafasini yagona yo’l deb biladi. Ochig’ini aytsam, bundaylar va boshqa ekstrimistlar o’rtasida jiddiy farq yo’q.

@fikrbank
1.3K viewsedited  14:10
Ochish/sharhlash
2021-09-03 14:13:07 Oson yo'l bilan kelgan har narsa bir yolg'ondir, bir jazodir

Hayotni qiyinchiliklarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Inson qayerda va qanday yashamasin, u doimo hayotiy qiyinchiliklarga duch keladi. Insonga bu qiyinchiliklar va mashaqqatlarni yengib o'tishi uchun kuchli bilim va iroda kerak bo'ladi. Oson yo'l bilan erishilgan narsalar doimo qadrsiz bo'lib, ularni qisqa muddat ichida yo'qotib qo'yishingiz mumkin. Mashaqqatlar ortidan erishilgan natijalar doimo shirin va qadrli bo'lishiga aminmiz.

Hayotning past-u balandliklari va mashaqqatlari ortidan sabr qilib, o'z harakatlari sababli yutuqlarga erishgan insonlar bilan suhbat tashkil etib kelayotgan "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi sonining mehmoni, Turkiyaning Kastamonu universiteti jurnalistika bo'limi magistranti, ''Registon TV'' madaniy-ma'rifiy, onlayn telekanali bosh rejissyori — Abdukarim Mirzayev bo'ldilar.

Suhbat davomida, yoshlar mashaqqatlarga qaramasdan ilm olishdan to'xtamasliklari, ota-onaning farzand tarbiyasidagi o'rni, ayol-qizlarning ta'lim olishi borasidagi masalalar va shunga o'xshash turli xil mavzularda to'xtalib o'tildi. Ko'pchilik intiqlik bilan kutgan ko'rsatuvning navbatdagi soni ham hammamiz uchun manfaatli bo'lishiga ishonamiz.

Abdukarim Mirzayev tomonidan maxsus sovg'a egasi boʻlishni istasangiz, unda sizni intervyuning toʻliq shaklini koʻrishga taklif etamiz!

P.S.
Tomosha qilishni xolis tavsiya qilaman. Umid qilamanki, o'zingiz uchun manfaatli tavsiyalarga ega bo'lasiz

Premyera bugun soat 21:00 da bo'lib o'tadi!

Havola:


1.2K views11:13
Ochish/sharhlash
2021-09-02 07:21:00Muhammad Yusufning shu she'rini o'qisam doim tanam qizigandek bo'ladi...

Sovetlarga sotilgan, Sovetni qumsaydiganlardan nafratlanib ketaman...

Yurtini himoya qilishda shahid ketgan ajdodlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.

***

"BOSMACHILAR"

Olmoslardan keskir edi shamshiringiz,
Tutun bo‘lib to‘zib ketdi taqdiringiz,
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz.
Ot o‘ynatib yurmadingiz, «bosmachilar!..»

Tuproq to‘shak bo‘ldi, bolish egar boshda,
Jaloliddin kabi mudom jahongashta,
Umringizning yarmi o‘tdi tog‘u toshda,
Ne kunlarni ko‘rmadingiz, «bosmachilar».

Qo‘rg‘oshinga qalqon bo‘ldi o‘t ko‘kraklar,
Kafan bo‘ldi qonga botgan oq yaktaklar,
So‘nggi makon bo‘ldi ba’zan chakalaklar,
Odamday ham o‘lmadingiz, «bosmachilar...»

Tushunmayin kim qarg‘adi, kimlar sotdi,
Ko‘nglingizda alam, ko‘zda yoshlar qotdi,
Ortingizdan goh bolangiz toshlar otdi,
Yosh deb, gina qilmadingiz, «bosmachilar».

Uyingizda sizni kutdi, kel, deb to‘ram,
Kelinchaklar kokillari taram-taram,
Ko‘ngilga yor sig‘armidi yurtda qaram?..
Jangohlardan jilmadingiz, «bosmachilar».

Kengashsangiz tor dunyolar keng bo‘lardi,
Ergash yoqa bo‘lsa, Shermat yeng bo‘lardi,
Birlashsangiz kim ham sizga teng bo‘lardi,
Nechun ahil bo‘lmadingiz, «bosmachilar?..»

Bosmachimish... Bunday demish qay bema’ni,
Tutmaydimi bir kun uni beklar qoni...
Hamma sizdek o‘z yurtini suysa qani!
Behuda qon to‘kmadingiz, «bosmachilar!»

Siz yo‘q, bunda ko‘tarildi darpardalar:
Otdan tushdi sariq mo‘ylov sarkardalar,
Buxoroni to‘pga tutgan sharmandalar...
Afsus, afsus, ko‘rmadingiz, «bosmachilar».

Erkli elda sizni eslash naqadar hush,
Sizga haykal qo‘ysa arzir maydonlar bo‘sh,
Oq yaktakda, arg‘umoqlar minib oqto‘sh
Mundoq ko‘krak kermadingiz, «bosmachilar!»

Subhidamda she’rim bitdi, ko‘zim tinib,
Poyingizga bordim ko‘nglim bir o‘ksinib,
Turing endi bobo desam, siz xo‘rsinib
Jilmaydingiz, turmadingiz, «bosmachilar».

Qayga tarqab ketgan bo‘lmang, qay zamonda,
Sizning asov qoningiz bor bizning qonda.
Unutmagan sizni hech kim Turkistonda,
Xonlarga teng hurmatingiz, «bosmachilar!..»

Olmoslardan keskir edi shamshiringiz,
Tutun kabi to‘zib ketdi taqdiringiz.
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz,
Ot o‘ynatib yurmadingiz, «bosmachilar».


@fikrbank
1.8K views04:21
Ochish/sharhlash
2021-09-01 10:37:23 Telegram yangi versiyasida endi video striming qilish imkoniyati qo’shildi. Bu yaxshi, kontent yaratuvchilarga juda ajoyib qo’shimcha. @fikrbank
2.4K viewsedited  07:37
Ochish/sharhlash
2021-08-29 01:57:49 Bundan bir qancha muqaddam “biznes-trenerlardan ko’nglim aynib kettdi deb yozgan edim…
Endi esa quyidagi maqolada to’liqroq fikrlarimni bayon qildim.

@fikrbank

https://telegra.ph/SHarlatanlarga-%D2%9A%D1%9Ellanma-Klint-Artur-va-%D2%9Aallob-Trenerlar-08-28
4.1K viewsedited  22:57
Ochish/sharhlash