Get Mystery Box with random crypto!

Feyams | La Tahzan

Telegram kanalining logotibi feyams — Feyams | La Tahzan F
Telegram kanalining logotibi feyams — Feyams | La Tahzan
Kanal manzili: @feyams
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 311
Kanalning ta’rifi

Ёзганларимни фонида мусиқа билан тасаввур қилиб ўқинг..

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-02-28 10:06:44 Topdikmi yoki yo‘qotdik?

Tasavvur qiling, uyingizni faqat o‘tin yoqib isitishingiz mumkin. Sizda o‘tin bor, ammo, uni yoqish uchun gurgurtingiz yo‘q.

Qo‘shni uyda gulxan yonib turganini bilib, olov tutashtirgani u xonadonga kirdingiz. Sovqotgansiz, shu sabab qo‘shni gulxani oldida isinib oldingiz.

Badaningiz endi sovqotmayapti, ehtimol shuning uchun chiqishda na gurgurt na bir olov parchasini o‘zingiz bilan olib chiqmadingiz.

Uyga qaytib kirdingiz, olov haligacha o‘chiq. Xo‘sh, nima bo‘ldi?

-------------

Yuqoridagi o‘xshatish va fikrlash o‘rtasida bog‘liqliklar bor, sizningcha nima topdik, nima yo‘qotdik?
1.2K views07:06
Ochish/sharhlash
2022-02-28 05:38:05 Chalg'ituvchi, lekin maqsadli suhbatlarni shakllantirish

Bizlar o’zaro fikrlarimizni to’g’irlash va munozaraga borishni yoqtiramiz. Shu sababdan kimdandir chuqur o’ylangan javob istasangiz unga savol emas, balki no’to’g’ri fikrlar aralashgan bir g’oya yoki ishonchni ayting, shunda u sizni to’g’irlashga kirishadi va o’zi istar istamas asl fikrlarini, dunyoqarashini ochiq bildira boshlaydi.

2500 yil avval Suqrot aytganidek: “Insonlar xonadagi/jamiyatdagi/dunyodagi eng foydali inson bo’lishni istashmaydi, balki eng aqlli inson bo’lib tanilishga intilishadi.”

Bu usulni ta’limda keng qo’llash mumkin. Masalan:

— 1-sinf o’quvchilariga Ingliz tilidan dars berayotgan o’qituvchi ularga filni rasmini ko’rsatib, bu nima desa ko’pchilik bolalar zerikib yoki iymanib qisqa javob berishadi, ammo ularga bu rasmni ko’rsatib, bu “jirafa” deb aytishi bilan bolalar “Yo’q, bu jirafa emas, filkuu” deb birdaniga munozaraga kirishib ketadilar.

Bunga sabab, ular rasmdagi fil ekanligini avvaldan bilishadi va bu ma’lumot o’quvchilar uchun yangi emas, biroq, siz ularning ishonchlariga zid kelgan fikrni o’rtaga tashlasangiz bolalar o’z ishonchlarini himoya qilishga kirishib ketishadi, bu orqali o’zlariga bo’lgan ishonch yanada ortadi.

Ushbu usul kattalarda ham ajoyib ishlaydi, intervyu misolida ko’rib chiqamiz:

- Marketing jamoaga yangi xodimni suhbat qilayotganda “Ho’p, shunda marketing bu ijtimoiy tarmoqlarni yuritish, postlar tayyorlash, shundaymi” kabi savol bersangiz, u zudlik bilan sizni to’g’irlashga kirishib, marketing’ga aloqador o’zi bilgan barcha ko’nikmalarini bulbuldek sayray boshlaydi.

Usulning yagona muammosi, u ba’zi insonlarni hafa qilib qo’yishi mumkin, xuddi ermak qilayotgandek, ammo ko’pchilik uchun, ayniqsa chiqishuvchan (extrovert) kishilar uchun bu deyarli ahamiyatsiz, ular tez javob berishni va o’z bilganlarini istoblashni yoqtiradilar.
1.2K views02:38
Ochish/sharhlash
2022-02-27 16:15:00 Oʻzim bepulga oʻrganaymi yoki pul toʻlab kursga boraymi?

Izoh: dasturlash misolida ko'rib chiqamiz.

Soʻngi 2 yilda dasturlash, dizayn, umuman IT sohasiga qiziquvchilar soni keskin ortib ketdi. Bunga asosiy sabab real talabdan koʻra shu sohaga ixtisoslashgan oʻquv markazlari va ularning marketing yondashuvlari, xususan, reklamalar orqali jamiyatga tarqatayotgan katta-katta umidlari va tashviqotlari sabab bo'ldi.

Buni bilish uchun juda aqlli boʻlishga hojat yoʻq. Hozirda kurslarni bitirgan, ammo ishsiz, ishga kirolmasdan qiynalib yurgan yuzlab insonlarni shaxsan bilaman. Ularning xatosi kursga borganida emas, albatta.

Oʻzim ham 2 yildan berib IT sohasining u yoki bu yoʻnalishida ishlayman. Bu davrda birorta oʻquv markaz yoki universitetda o'qimagan oʻnlab kuchli dasturchilar bilan aloqa qildim, baʻzilari bilan ishladim va hozirda ham ishlab kelyapman.

Bu kabi dasturchilarning umumiy 3 oʻxshashliklari bor.

1. Ular eng kamida Rus yoki Ingliz tilini yaxshi bilishadi;

2. Oʻzlari oʻrganish koʻnikmasini shakllantirishgan va bunda chet tilidan foydalanishadi;

3. Oʻzlaridan bir pogʻona boʻlsa ham kuchliroq, ularga yoʻnalish beruvchi mentorlari bor.

Agar siz ham yuqorida keltirilgan chet tillaridan birini yaxshi oʻzlashtirgan boʻlsangiz unda koʻplab kasbiy koʻnikmalarni, xususan, dasturlash, dizayn kabi sohalarni oʻzingiz oʻrganishga harakat qilishingiz lozim.

Chunki, oʻquv kursi sizga boshlangʻich nazariy bilimlarni va qisman ular ustida mashq qilishni oʻrgatadi, xolos. Lekin, siz real proyektlarda nazariy bilimlaringizni qoʻllash va davomiy rivojlanish uchun doimiy izlanishingiz va oʻrganishga majbur boʻlasiz.

Agar til bilmasangiz tez rivojlanishdan, balki butunlay rivojlanishdan toʻxtaysiz. Shuning uchun hozirdanoq chet tillarini oʻrganishni boshlang.

Sizda til muammosi yoʻq boʻlsa, dastlab, youtube'dan, soʻngra udemy, skillshare yoki linkedin learning kabi xalqaro platformalardan kurslar sotib olib o'rganishni boshlang. Udemy'da top kurslar narxi o'rtacha $10-12 dollar.

Masalan, Full stack veb dasturlash bo'yicha Angela opani kursini tavsiya qilaman.

Fundamental bilimlarni o'zingiz o'rganib bo'lganingizdan keyin, endi biror mentor toping. Qaysi kurs va kitoblarni, ularni ketma-ketligini aniqlash uchun eng avval soha mutaxassislaridan maslahat olishni unutmang. To'g'ri yo'nalish tanlash muhim.

O'rganish davomida o'nlab loyihalarni o'zingiz bajarib ko'ring, sinashdan to'xtamang. Shundan so'ngina biror kompaniya, firmaga ishga kirish yoki tajriba olish haqida o'ylash mumkin. Ungacha erta, ikki tomon uchun ham qiymati juda past bo'ladi.
1.1K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-02-27 09:54:31
Эр: "Уйда ким хўжайин?"
Х: "Сиз"
Э: "Яна бир марта сўрайман, ким хўжайин?"
Х: "Сиз"
Э: "Унда менга ўргатма қачон идиш товоқларни юваману, қачон уйни тозалашни"
1.0K views06:54
Ochish/sharhlash
2022-02-26 14:17:41
Bular ozroq elektir o'chib qolsa "Sham"ni ikki-uch barobariga pullamaydi. Bular Suv tanqislashib qolsa "Suv"ni qimmatlamaydi.

Bular - Moldova chegarasida ukrainaliklarni kutib olayotgan oddiy taksi haydovchilari: «Taksi bepul».
1.2K viewsedited  11:17
Ochish/sharhlash
2022-02-26 12:09:45 Odatlar qanday shakllantiriladi?

Youtubeʻda muvaffaqiyatli odamlarning aksari oʻz kunlarini sahar 4:00 dan boshlashi haqida tepkili (motivatsiya) videolar juda koʻp. Koʻpincha ulardan birini koʻrib qolganimizda "ertadan men ham 4 da uygʻonib, uni qilsam, buni qilsam" degan fikr hayolimizga keladi.

Baʻzilarimiz esa ertasi kunidan boshlab shunday qilishga urinib, 2-3 kun oʻtmasdan yana oʻz qolipimizga tushib qolamiz. Sababi oddiy: Odatlarni bu usul bilan shakllantirib boʻlmaydi.

Odatiy kunida soat 8:00 da uygʻonuvchi shaxs tong soat 4:00 dan kunni boshlash uchun eng birinchi qilishi kerak boʻlgan ish soat 7:45 da uygʻonishga odatlanishdir. Bu soat 4 da uygʻonishga qaraganda ancha oson, shunday emasmi?

Natijaga erishishda shaxs biroz muddat shu zaylda yashaydi va bu vaqtda uygʻonish uning uchun qiyin boʻlmay, odatga aylanib qoladi. Bunda oʻrtacha 18-25 kun uzluksiz oʻzimizni majburlashimiz kerak boʻladi. Undan soʻng yana 15 daqiqa qisqartiramiz va shu usulda 4:00 da uygʻonishga erishamiz.

Har kuni 2 soat kitob oʻqish, 2 soat video kurs koʻrish, ertalab 15 km yugurish va hokazo. Bularning barchasini yuqoridagi usul orqali amalga oshirib boʻladi, xolos. Boshqa yoʻl bilan nafsni aldab, irodani kuchaytirib boʻlmaydi. Faqat 2-3 kun kam uxlaganimiz va kunduzi bilan uyqusrab yurishimizni aytmasa.
938 views09:09
Ochish/sharhlash
2022-02-26 06:59:57 Reaksiyani ochib qoydim
894 views03:59
Ochish/sharhlash
2022-02-25 15:41:46 Agar men vafot qilsam, meni chiroyli eslang.
931 views12:41
Ochish/sharhlash
2022-02-25 15:03:34
Толибон Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал қилишга чақирмоқда

Ажойиб-а?
938 views12:03
Ochish/sharhlash