Get Mystery Box with random crypto!

Ichingizda saqlamang Bir inson bilan soat 19:00 da uchrashuv | Feyams | La Tahzan

Ichingizda saqlamang

Bir inson bilan soat 19:00 da uchrashuv belgiladingiz. U kishi 19:20 da kech qolib keldi. “Kechirasiz, kuttirib qo’ydim” dedi va siz ham uni hafa qilmaslik uchun “Xech qisi yo’q, bo’lib turadi” deb o'zingizni aldadingiz.

Taksi haydovchisi sizdan “Cheksam maylimi, brat” deb izn so’radi. Siz “Hozir 10-15 daqiqada yetib olaman, tinch ketay, mayli chekaversin” deb, unga “Mayli, oka, muammo yo’q” kabi javob berdingiz

Yoqtirgan yaqiningiz (do’st, yor va hk) siz yoqtirmaydigan ishlarni, gaplarni oldingizda qildi, gapirdi. Munosabatlarni yomonlashtirmaslik uchun nosamimiy, yolg'ontakam kulib qo'ydingiz

Ishxonada rahbaringiz sizga noqulaylik yaratdi yoki ishingizga halal berdi, ehtimol beryapti. Yomon ko’rinib qolmaslikni tashvish qilib “Yo’q, bemalol, halal berganingiz yo’q” yoki “O’zi bu narsa uncha kerak emas edi, ishlatishaversin” kabi mulozamat qildingiz.

Menimcha, tushundingiz. Ichingizda saqlab, oxiri portilashiga olib borasiz. “Sen har doim shunday qilgansan o’zi”, “O’zi avvaldan yomon munosabat qilardi”; “O’zi mani qadrimga yetmaydi, past baholaydi” va hk.

Fikr va kechinmalarimiz boshqa tomonda, og'zimidan chiqayotgan so'z umuman boshqa tomonda. Natijada, stress, yomon gumon, tanqid qilish, qoniqmaslik hissi asta sekin ko'payib boradi va "Bum" etib boshqalarga ham zarar beradi. Unda nima qilish kerak o'zi"

Kech qoldimi, ayting. Yoqmadimi, bildiring. Halal beryaptimi, ogohlantiring, xech bo’lmasa sukut qiling. Xullas, ochiq bo’ling, ichingizda saqlamang. Shunday qilsangiz pufakka o’xshab shisha-shisha portillamaydi, kichikligida so'ndiriladi.

Bu degani apl-tapl, og’izga kelganni gapirish kerak degani emas, albatta. Avvalo, farosat bilan, so’zlarni topib gapirishga harakat qiling. Masalan, “Do’stim, siz bilan soat 17:00 da ko’rishishga kelishgan edik, lekin biroz kech qoldingiz, buni sababi nima? Kelasi safar bunday bo’lmasligi ikkimiz uchun ham yaxshi”

Boshqa misol, rahbarlarga “Ha, halal beryapsiz / ishimni qiyinlashtiryapsiz” deb to’g’ridan to’g’ri gapirish o’rniga , “BIlasizku, ishimni yaxshi qilish uchun tinchroq joy kerak / yaxshiroq mashina / kompyuter / xona/ va hk kerak bo’ladi, singari “Nazokat” bilan gapirishga harakat qiling.

Ichda saqlash kerak bo'lgan fikrlar ham bor, albatta. Juda kam bo'lsa ham.