Get Mystery Box with random crypto!

Suvni tejash texnologiyalari yordamida ozuqa ekinlari yetishti | Фермер кундалиги 📔

Suvni tejash texnologiyalari yordamida ozuqa ekinlari yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularga:

- har bir gektar uchun 8 million so‘m subsidiya beriladi;

- xorijiy kreditlar 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi;

- kredit foizining 14 foizdan oshadigan qismiga kompensatsiya va kredit summasining 50 foiziga kafillik beriladi;

- go‘sht va sut uchun budjet hisobidan beriladigan subsidiya miqdori 2 baravarga oshiriladi.

Viloyat va tuman hokimlari yil yakuniga qadar ushbu yo‘nalishda 100 ming aholi bandligini ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Prezident 2022 yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan 500 million dollar jalb etib, chorvachilikni rivojlantirish loyihalariga yo‘naltirish zarurligini qayd etdi.

Obuna bo'ling @Fermer