2022-02-28 06:59:59
O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha jahonda 6-o‘rinda bormoqda.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Hindiston, Xitoy, Pokiston va AQSH dunyoda paxta yetishtiruvchi eng yirik mamlakatlar hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar paxta mahsulotlarining katta qismini eksport qiladi, chunki o‘zida to‘qimachilik sanoati nisbatan past darajada rivojlangan. Osiyo davlatlari paxta yetishtirishda ustunlikni saqlab turibdi va paxtaning eng yirik iste’molchilari qatoriga kiradi.
So‘nggi yillarda ikki mamlakat - Vetnam va O‘zbekiston paxtaning yirik iste’molchilariga ham aylandi. Umuman olganda, yirik iste’molchi davlatlar sakkiztaligidan Xitoy, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Turkiya, Vetnam joy olgan, O‘zbekiston esa 8-pog‘onani egallagan.
Biroq, O‘zbekiston tadqiqotda keltirilgan paxtani eksport qiluvchi sakkizta davlat qatoriga kira olmadi. Ushbu reyting yetakchilari orasida AQSH, Braziliya, Hindiston, Avstraliya, Benin va boshqa mamlakatlar bor.
FERMER kanali: @Fermer
4.8K views03:59