Get Mystery Box with random crypto!

#Yangiliklar Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuri | Фермер кундалиги 📔

#Yangiliklar

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot kotibining xabariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish bo‘yicha barcha masalalar hal qilib berilgani va bunga budjetdan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ham ko‘rsatib o‘tildi.

Uch oy muddatda “Texnolog” va “Agregat” zavodlari asbob-uskunalarini “Chirchiq klasteri”ga ko‘chirib, qurilish-montaj ishlarini joriy yilning 1 dekabr sanasiga qadar to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berildi.

Prezident belgilab o‘tganidek, “Chirchiq klasteri” 2023 yildan to‘liq ishlashni boshlashi kerak.

Soha rahbarlari oldiga joriy yilda qishloq xo‘jaligi mashinasozligida:

qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxini 12 foizga kamaytirish;

ishlab chiqarishni 2 baravar oshirish;

eksportni 15 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Obuna bo'ling @Fermer