Get Mystery Box with random crypto!

Fayzullaxon | Blog

Telegram kanalining logotibi fayzullaxon_muzaffarov — Fayzullaxon | Blog F
Telegram kanalining logotibi fayzullaxon_muzaffarov — Fayzullaxon | Blog
Kanal manzili: @fayzullaxon_muzaffarov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 136
Kanalning ta’rifi

FOYDALI KONTENT

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-10 16:51:02 Men xohlagan universitet va maktab (Ta'lim) :

• Bu ta'lim tizimida sizning kiyimingizga, formangizga, tashqi ko'rinishingizga hech kim e'tibor bermaydi

• Bu ta'lim tizimida hamma o'qituvchilar darsini zo'r bilgandan tashqari orator, darsiga o'qituvchini qiziqtira oladigan bo'ladi

• Bu ta'lim tizimida pul to'laganlar emas, faqat o'qishni xohlaganlar o'qiydi

• Bu ta'limda forma qani, nega kelmagani haqida so'ralib butun dars o'tib ketmaydi, faqat fanlar maksimal o'rgatilinadi

• Bu ta'limda keraksiz fanlar bo'lmaydi, faqat aniq fokus qaratilgan va foydali darslar o'tiladi

• Bu ta'lim tizimida faqat kerakli darslardan tashqari, har bir bolaga muvaffaqiyatli shaxs bo'lishga yordam beruvchi darslar kurslar bo'ladi

• Va bu ta'limda talaba o'zi xohlagani uchun o'qiydi, majburlik yoki zerikkandan emas

Yaqin orada shunga o'xshash maktab va universitet ochishlikni Alloh nasib aylasin

Bunaqa ta'lim tizimidagi maktab yoki universitet bo'lsa o'qirnidingiz?

@Fayzullaxon_Muzaffarov
271 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-09-09 18:31:09 Qayerga qarab ketyabmiz?

Hozirda O'zbekistonda ilmga bo'lgan qiziqish jar yoqasida emas, shunchaki jarning ichida

Hech kimga ilm olish, kitob o'qish, nimadir o'rganish qiziq emas. Hamma ozgina narsa o'rganib boy bo'lmoqchi yoki muvaffaqiyatli bo'lmoqchi bo'ladi

Lekin ilmsiz hammasi bir TIYIN. Eslab ko'ring oxirgi marta qachon kitob o'qidingiz, yoki rivojlanish uchun qanday kurs ko'rdingiz. Buyuklarning ilm olmagan kuni ularning o'lgan kuni bo'lgan. Biz-chi?

Savol tug'iladi? O'zi kerakmi bizga bu ilm bu kitob. Agar kuchli, yetuk inson bo'lmoqchimizmi, ha nima bo'lsa ham o'rganib, o'qishimiz kerak

Bie toifa odam tug'iladi, man kitob o'qimadim, telefon o'ynadim va mana hozir shu o'yin orqasidan 1.000$-2.000$ topvomman. Qurtlagan miyya. Agar ilm olsak, o'qisak izlansak 100% shu o'yindaka o'yinlarni biz ham kashf qila olamiz

Lekin yo'q baribir foydasiz, o'qib hech kim bo'la olmayman.

Bu gapni miyyadan umuman chiqarib tashlash kerak. Har bir narsa ortida yuqori bilim va katta harakat yotadi ...

Bu postni yozishim orqali baribir hech nima o'zgarib qomidi. Lekin agar har bir tanishimizga ilm kerakliligini hozirdan o'zimizdan boshlasak, 10 yil ichida bo'lsa ham hozirgidan kattaroq darajada bo'la olamiz

Gapning oxiri, siz sevgan institutda o'qimagan Sukerberg, Stiv Jobs yoki Bill Geyts ham har kuni kitob o'qiydi. Va sohasida muvaffaqiyatga erishishiga ham mana shu ilm sababchi bo'lgan

@Fayzullaxon_Muzaffarov
330 views15:31
Ochish/sharhlash
2022-09-09 12:46:31 Omadning muvaffaqiyatdagi o'rni

Ha, omad muvaffaqiyatga katta yordam beradi. Lekin ko'p holatda bu omadni biz bilmaymiz

Masalan o'zi boshida SMMni o'rganmoqchi bo'ganimda otini etmiman infosiganda o'qimoqchi bo'ganman

So'ng ma'lum bir sababga ko'ra o'qiy olmiy qoldim va internetdan SMMni o'rgana boshladim, so'ng Space academy reklamasini ko'rib qoldim va tasodif yoki omad tufayli kursga yozildim

Va ilk ishimni ham o'qishim tomonidan topdim. Keyin biroz ishladim va sezdimki tajriba orttirish uchun kattaroq kompaniyada ishlashim kerak. Va oradan vaqt o'tib Toshkentdagi katta agenstvoga ishga qabul qilindim va sababini so'raganda faqat qilgan ishlarim zo'rligi emas, shu Spaceda o'qiganimni etishdi...

Bu o'zimda bo'lgan kichkina omad.
Va har birimiz hayotimizdan qidirib ko'rishimiz kerak bu omadni, qachon bizga qaysi paytda yordam bergan

O'zim bilgan omad kelishiga yordam beruvchi eng katta usulni ulashmoqchiman

Bu: Tanish-bilishni oshirish. Qanchalik tanish-bilishingiz ko'p bo'lsa shunchalik omadingiz qayerdandir kelish imkoni oshadi

Buning uchun ko'proq har xil ochiq dars va sohangizga oid kurslarda o'qish sizlarga tavsiya qilinadi

Siz yana qanday omad kelishiga yordam beradigan yo'llarni bilasiz, izohlarda yozib qoldiring

@Fayzullaxon_Muzaffarov
256 views09:46
Ochish/sharhlash
2022-09-06 17:59:02 Muvaffaqiyatli odamlar o'z xayotidan xursandmi? (Post biroz uzun oxirigacha o'qisak foydali)

Bu narsani bilib olish uchun birinchi muvaffaqiyat aslida nima ekanligini bilib olishimiz kerak. Hozir ko'pchilik muvaffaqiyat deganda faqat boylikni tushunadi. Ha agar muvaffaqiyat siz uchun faqat pul, boylik bo'lsa ko'p hollarda u sizga baxt olib kelmasligi mumkin

Lekin aslida muvaffaqiyat nima? Men uchun, muvaffaqiyat bu- Birinchi navbatda musulmon bo'lib tug'ulganim, so'ng ziyoli, ilmga qiziqqon oilada tavallud topganim, shu muvaffaqiyat, har kuni qo'l-oyog'im ishlashi va eshita olishim va ko'ra olishim muvaffaqiyat, ilmga qiziqishim muvaffaqiyat, yurtimiz tinchligi muvaffaqiyat, bu narsalar bizga berildi va biz muvaffaqiyatlimiz
Bu insonga berilishi mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlardir

Endi inson o'zi erisha oladigan muvaffaqiyat haqida gapirsam, ilm olishni yaxshi ko'ramanmi bu muvaffaqiyat, sog'lom xayot tarziga amal qilamanmi bu muvaffaqiyat, hech qanday diniy va dunyoviy mumkin bo'lmagan ishlarni qilmadimmi bu muvaffaqiyat, man orqali odamlar foyda bilim oldimi bu muvaffaqiyat...

Agar ana shu narsalarni muvaffaqiyat deb hisoblasak, biz juda muvaffaqiyatli inson deb o'zimizni his qilsak bo'ladi va bu ish jarayonida ham bizga efekt beradi

Boylik haqida gapirsam, boylik qachon muvaffaqiyat bo'ladi, qachonki bu boylik ehsonga ishlatilsa muvaffaqiyat, bu boylikdan xalq foyda olsa bu muvaffaqiyat, va bu boylik yaxshilik yo'lida sarflansa bu muvaffaqiyat

200 milliard dollar topib uni ishlatmaslikda man muvaffaqiyat ko'rmadim. Hayotda berilgan muvaffaqiyatlarga misol: Bill geytsda ta'm bilish xissi yo'q bo'lib ketganda u, faqat shu ta'm bilish xissini yana qaytib olish uchun barcha boyliklarini sarflashga tayyorligini aytgan edi

Shunaqa gaplar ...

Fikrlar "Subyektiv", xulosa o'zingizdan)

@Fayzullaxon_Muzaffarov
328 viewsedited  14:59
Ochish/sharhlash
2022-09-05 20:30:54 Barcha xayotimga oid postlar va challengelarni ushbu kanalda olib boraman:

@fayzullaxon_muzaffarov_life
296 views17:30
Ochish/sharhlash
2022-09-05 17:31:02 Telegramda blog yuritishning foydali tomonlari (O'zimda sezganlarim)

1. Odat shakllantirishga katta yordam beradi, har kuni post yozish

2. Biron-bir foydali ma'lumot topsangiz, darxol blogga yozsa, esda ko'proq qoladi

3. Kulgili, betayin kanal ko'rgandan, bloglarni kuzatsa odam o'zida ko'proq foyda oladi

4. Siz kim ekanligingiz, nimalar qila olishingiz haqida ham blog orqali aytib berishingiz mumkin

5. Adabiy tilda yozishga ko'proq yordam beradi

6. Umuman effekt bermasa ham, har kuni post yozsangiz, kelajakda o'zingiz qanaqa odam bo'lganingiz haqida bilib olishingiz mumkin!

7. ...

Hozircha o'zimda sezganlarim shu, lekin aniq ayta olaman, blog yuritish 99 foiz sizga foydali bo'ladi

@Fayzullaxon_Muzaffarov
310 views14:31
Ochish/sharhlash
2022-09-04 16:39:50 1 oylik ishingiz natija bermadimi harakat qilaverish kerak

Odam zotida shunday xarakter bor, nimadir ish qildi, ozgina vaqtdan keyin ish bermadimi bo'ldi u ishni to'xtatib qo'yadi

Masalan 1 oy yugurishga chiqdi, o'zgarish sezmadimi tugatib qo'yadi, yoki 1 oy ingliz tili o'rgansa effekt bermasa tugatib qo'yadi

Useyn Bold jahon rekordini urganda atigi 2 soniya tezroq yugurish uchun 4 yil harakat qilgan, atigi 2 soniya uchun

Shuning uchun, nimadir ish qildik, foyda bermadimi, lekin foydali ishmi, o'sha ishni qilaverish kerak

Bu vaqtda natijani emas, jarayonni muntazam qilishni plan qilsak ko'proq effekt beradi

@Fayzullaxon_Muzaffarov
330 views13:39
Ochish/sharhlash
2022-09-01 08:11:12 Narsalarni borida qadriga yeting

Ko'pchiligimiz bir narsani qadriga faqat u narsani yo'qotsa yetadi, masalan: Kasal bo'lsa sog'lig'ini, yaqinini yo'qotsa o'sha yaqinini yoki urush bo'lsa tinchlikni.

Oldinlari mustaqillik bayramini nimaga bayram qilishligiga, o'zi mustaqil bo'lganimiz bayram qilishga arzidimi degan savol shu kunda miyyamdan o'tardi

Lekin oxirgi 2 yilda Falastindagi, Ukrainadagi urushlarni ko'rib, odamlar o'lib ketayotganini ko'rib, tinchlik naqadar katta ne'matligi haqida tushunib yetdim

Bu post bilan nima demoqchiman, barcha narsani boriga qadriga yetiylik, va tinchligimizga hissa qo'shishga harakat qililik

Mustaqillik bayrami bilan)

@Fayzullaxon_Muzaffarov
366 views05:11
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:10:39 Blogga takliflaringiz
349 views13:10
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:10:16
4) Kanal qanchalik foydali bo'lyapti? (1-5 baholang)
Anonymous Poll
6%
1
4%
2
20%
3
29%
4
41%
5
113 voters328 views13:10
Ochish/sharhlash