Get Mystery Box with random crypto!

Nega? Aqliy rivojlanishga yordam beruvchi o'zim bilgan kuchli | Fayzullaxon | Blog

Nega?

Aqliy rivojlanishga yordam beruvchi o'zim bilgan kuchli qurol bu "Nega?" savoli

Instutda o'qishing kerak, nega? Sen bunaqa ish qilishing kerak, nega? Sen bunaqa ish qilishing kerak emas edi, nega? Majburiy forma va soqol mumkin emas, nega? To'ying bo'lsa 500 kishi chaqirishing kerak, nega? Va boshqa gaplar

Agar biz har bir narsada o'zimizga nega deb savol bersak, shunchaki ma'lum bir ishni bajarib emas, nega unday qilish kerak, yoki qilish shart emasmi bilib olsak, tanqidiy fikrlash rivojlanadi va xayotimizni yaxshi tomonga o'zgartirish imkoni oshadi

Bu savolni har doim berib ko'raylik o'zimizga, har bitta vaziyatda. Va ko'pincha nega savoli qiyin holatlarda va tushkunliklarda ham yordam beradi

Omadim yurishmayabdi, nega? Yashashimga pul yetmayabdi, nega? Yomon odatlardan qutila olmayabman, nega?

Har bir holatda o'zingizga nega bu holatga tushganingizni aniqlab, va QANDAY QILIB bu vaziyatni to'g'irlash mumkin savolini bersak, xayot aniq biz uchun osonlashadi ...

@Fayzullaxon_Muzaffarov