Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar uchun Mustaqillik ta’lim granti XushnudbekUz Telegr | FarPI Talabalar Kengashi

Talabalar uchun Mustaqillik ta’lim granti

XushnudbekUz Telegram kanali O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan jami 155 mln so'mlik ta’lim granti e’lon qiladi.

Grantning maqsadi: yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun

Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy

Necha kishiga beriladi: 31 nafar (shundan 5 nafari TDYU talabalari uchun)

Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 5 mln so‘mdan (jami 155 mln so‘m)

Hujjatlar 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/120

@MetsenatUz