Get Mystery Box with random crypto!

FarPIda umumiy sig‘imi 1900 nafar talabalarga mo‘ljallangan 5 | FarPI Talabalar Kengashi

FarPIda umumiy sig‘imi 1900 nafar talabalarga mo‘ljallangan 5 ta talabalar turar joylari bo'lib, institut talabalarining 1/7 qismi TTJdan joy olishi mumkin.

Talabalar turar joyiga joylashish shartlari quyidagicha:

1. Faqat 1, 2 va 3-kurs kunduzgi ta’lim shaklida bakalavr ta’lim turida o‘qiyotgan talabalar TTJdan turar joy olishlar mumkin
2. Talabalar turar joyiga ehtyoji bor talabalar 5-sentyabrdan ariza bilan murojaat qilishi lozim
3. Talabalarni TTJga joylashtirish ushbu ketma-ketlikda amalga oshiriladi

imtiyozga ega bo‘lgan talabalar
1-kurs
2-kurs
3-kurs talabalari
4. Talabalar turar joyini talabalar o‘rtasida adolatli taqsimlash bo‘yicha institut ishchi guruhi tashkil etiladi va belgilangan ichki tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi

Eslatma: Imtiyozga ega talabalar bepul joylashtiriladi va imtiyoz mezonlari quyidagicha
temir daftarga kiritilgan oila farzandlari
nogironligi bo‘lgan talabalar
chin yetimlar
FarPI Yoshlar ittifoqi faollari


FarPI Talabalar Kengashi
t.me/farpistudentlife