Get Mystery Box with random crypto!

#talabamizdan_tabrik Ishonch Shukr alloh bizga madadkor Maq | FarPI Talabalar Kengashi

#talabamizdan_tabrik

Ishonch
Shukr alloh bizga madadkor
Maqsad tomon yoʻlni boshlaymiz
Qiyinchilik hech ham qilmas kor
Ishonch ila qadam tashlaymiz

Oʻzbekiston kelajagi biz
Izlanuvchan ilmli yoshlar
Shijoatga ishonch bogʻlaymiz
Bilim katta kuchni bagʻishlar

Zafarlarni qucharmiz albat
Vatan uchun ayamay jonni
Soʻnmagaydir bizlardan jurʼat
Farzandimiz Oʻzbekistonni

Kimyo texnologiya fakulteti
98-20- guruh talabasi
Nosirov Oyatillo

@farpistudentlife