Get Mystery Box with random crypto!

#talabamizdan_tabrik O'TTIZ BIR YOSH QUTLUG', EY O'ZBEKISTON! | FarPI Talabalar Kengashi

#talabamizdan_tabrik

O'TTIZ BIR YOSH QUTLUG', EY O'ZBEKISTON!

(Tinch va osoyishta vatanimizning 31 yoshiga bag'ishlanadi.)

Vatan deganimda titraydi tilim,
Quvnaydi nomingni so'zlasam dilim.
Borliging his qilib yashayman omon,
O'ttiz bir yosh qutlug', Ey O'zbekiston!

O'zbegim qonimda jo'sh urar g'urur,
Tuprog'ing har zari men uchundir dur.
Boshimni tik tutib, aytayin mag'rur,
O'ttiz bir yosh qutlug', Ey O'zbekiston!

Borimsan, yo'g'imsan, sen ota-onam,
Osmoning musaffo, porloq nurxonam.
Yurtlar ichra sensan ganj-u durdonam,
O'ttiz bir yosh qutlug', Ey O'zbekiston!

Sen uchun jon berar har bir o'gloning,
Kuragi yer ko'rmas hech bir polvoning.
O'zbek deb tan oldi butun jahoning,
O'ttiz bir yosh qutlug', Ey O'zbekiston!

Men ham o'g'loningman Ona vatanim,
Senga jonim fido, fidodir tanim.
Yo'latmam poyingga birorta g'anim,
O'ttiz bir yosh qutlug', Ey O'zbekiston!

Yaratgan nur sochdi obod yo'llarga,
Go'zallik qo'shildi to'lib nurlarga.
Bulbullar soladi vasfing kuylarga,
O'ttiz bir yosh qutlug', Ey O'zbekiston!

Vatanim bog'ingga hayrat yor bo'lsin,
Bag'ringda butun xalq quvonchga to'lsin.
Hamisha yashnagin sen nurli bo'ston,
O'ttiz bir yosh qutlug', Ey O'zbekiston!

Muhammad Diyor

2022-yil. 17-avgust

P/S: Mustaqilligimizning 31yilligi muborak bõlsin azizlar. Tinch va osoyishta o'lkamizga hech kimsaning ko'zi tegmasin.

@Shoir_Muhammadiy | She'riy kanal

@farpistudentlife