Get Mystery Box with random crypto!

IKEA IKEA’ni Lego’ga o’xshataman: ikkilasi ham mahsulotning q | Farhodjon yashayapti

IKEA

IKEA’ni Lego’ga o’xshataman: ikkilasi ham mahsulotning qismlarini DIY (Do it Yourself) prinsipida sotadi. Sotib olingan qismlardan butun mahsulotni yig’ish jarayoni juda yoqimli. Ikkala kompaniya ham mahsulotdan tashqari “experience” - tajriba sotadi. Lego haqida avval yozganman.

IKEA haqida:

- Ochilmagan mahsulotlarini bir yilgacha, ochilganlarini 180 kungacha qaytarish mumkin. Yagona beriladigan savol qaytarish sababi so'raladi va bu ham IKEA'ni yaxshilash uchun.

- Misol: biz xohlagan stullar ma'lum paytda juda kam bo’ldi. O’rniga qimmatroq va yoqimsizroq stul oldik. Keyinroq stullardan biri sindi va biz xohlagan stul magazinda paydo bo'ldi. Hamma stullar (hatto singani ham) qaytarilganda ortiqcha savollarsiz pulimizni oldik va yoqqanini sotib oldik.

- Mebelning kichik qismlarini almashtirish - bepul. Masalan, turli boltlar, yog’och mixlar va hokazolarni yetkazib berishadi. Qo’llanmasidagi qism raqamini (Lego’ga o’xshab!) maxsus sahifasiga kiritib buyurtma bervorilsa bo’ldi.

- Mebellarini o’ta sifatli deyish qiyin lekin yangi uyga narsa olayotganda deyarli hamma zarur mebelni bir joydan olish mumkin va nisbatan arzon. IKEA mebellari bilan dizayn qilingan tayyor xonalar ham mavjud.

- Shourum (showroom) va magazindagi xonalar joylashuvi murakkab: xuddi xaridorning qo’lidan yetaklab olib yuradigandek. Bo’limlardan o’tayotganda albatta qo’shimcha narsalarni sotib olish fikri tug’iladi. Shu haqida 4 minutlik video: How IKEA gets you to impulsively buy more.

@farhodjon #ikea