Get Mystery Box with random crypto!

Hozir Yer orbitasida 27 000 dan ortiq sun’iy, odam tomonidan y | Farhodjon yashayapti

Hozir Yer orbitasida 27 000 dan ortiq sun’iy, odam tomonidan yaratilgan jismlar aylanarkan. Wayfinder orqali shularni real vaqtda kuzatsa bo’ladi. Wayfinder - Privateer kompaniyasiga tegishli va bu kompaniyaning asoschilaridan biri - Stiv Voznyak. Kompaniya insoniyatga fazodan to’g’ri foydalanishga yordam berishni maqsad qilgan.

E’tiborlisi, Starlink sun’iy yo’ldoshlari O’zbekiston ustidan ham o’tyapti va bu degani, agar davlat imkon bersa, Starlink orqali internetga chiqish imkoniyati mavjud.

Va boshqa qiziq fakt: Starlink yo’ldoshlari sekundiga 7,6 km tezlik bilan harakat qilyapti (bu minutiga 456 km, soatiga 27 360 km!). Saytda har bir jismning tezligini ko’rsa bo’ladi.

https://www.privateer.com

Eslatib o’taman, Yerning Quyosh atrofidagi orbital tezligi - soatiga 107 000 km (yoki sekundiga deyarli 30 km). Yuqoridagi sayt yuklanguncha hammamiz fazoda 30-60 kmga surilib bo’lamiz.

@farhodjon #fazo #kosmos