Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillik bayrami tuhfasi: Quvasoyda 422 о‘rinli zamonaviy m | Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi |Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar

Mustaqillik bayrami tuhfasi: Quvasoyda 422 о‘rinli zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi.

Mustaqillik bayrami arafasida viloyatimizda foydalanishga topshirilayotgan yuzlab obyektlar qatorida Quvasoy shahar Bo‘ston mahallasida “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida 819 mln so‘m mablag‘ evaziga qad rostlagan 422 o‘ringa mo‘ljallangan 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.

Unda shahar hokimi Z.To‘raqulov, xalq ta’limi bo‘limi mudiri I.Muminov, shahar hokimining tegishli о‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, MFY raisi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Shahar hokimi Z.To‘raqulov so‘z olib, yurtimizda “Yangi O‘zbekistonda, el aziz, inson aziz” shiori ostida “Inson qadri uchun” olib borilayotgan islohotlar, ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor to‘grisida to‘xtalib, barchani Mustaqillik ayyomi bilan tabrikladi.

https://t.me/FargonaviloyatXTB