Get Mystery Box with random crypto!

FARG‘ONADA YANA BIR YANGI MAKTAB  FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI B | Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi |Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar

FARG‘ONADA YANA BIR YANGI MAKTAB  FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun Farg‘ona tumanining chekka qishlog‘ida joylashgan “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangitdan qad rostlagan 660 o‘rinli 63-ta’lim maskanining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur umumta’lim maktabining ishga tushirilishi pedagog-o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun chinakam bayramga aylanib ketdi.

Yangi zamonaviy maktab davlatimiz tomonidan ajratilgan 16 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga bunyod etildi. 4 qavatdan iborat maktabda 3 ta texnologiya xonasi, 132 o‘rinli oshxonasi, sport zali, faollar zali bo‘lib, mavjud 23 ta sinf xonalari esa zamonaviy qulayliklarga ega.

Yangi maktabga 30 nafar o‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Tantanada viloyat hokimining o‘rinbosari Hojiqo‘zijon Isaqov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov hamda jamoat tashkilotlari vakillari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.