Get Mystery Box with random crypto!

“UMID NIHOLLARI-2022” SPORT MUSOBAQALARINING GʻOLIBLARI TAQDIR | Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi |Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar

“UMID NIHOLLARI-2022” SPORT MUSOBAQALARINING GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Bugun viloyatimizning umumiy o‘rta taʼlim maskanlarida tahsil olayotgan 7-8-9-10-11-sinf oʻquvchilaridan iborat terma jamoalar ishtirokida oʻtkazilgan “Umid nihollari” sport musobaqalarining viloyat bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 5-yanvarida sport musobaqasining dastlabki bosqichlariga start berilgan edi. Aprel oyining avvalida viloyat bosqichi oʻtkazildi. Sportning 11 ta turida bahs olib borgan gʻolib oʻquvchi yoshlar bugun tantanali tarzda taqdirlandilar.

Umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni Qo‘qon shahar oʻquvchilar, 2-oʻrinni Bag‘dod tumani yoshlari egalladi. Ishtirokchilarning barchasiga xalq taʼlimi vazirligi, viloyat hokimligi va viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov umidli yosh sportchilarni erishgan gʻalabalari bilan tabriklab, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagan Beshariq tumani jamoasiga bosh sovrin – “Damas” avtomobilini tantanali ravishda topshirdi.

Umuman, nufuzli sport anjumanida 509 nafar gʻolib oʻquvchilarga (166 noutbuk, 166 smart televizor) noutbuk va smart televizor hamda ularning 177 nafariga velosipedlar taqdim etildi.

Farg‘ona shahridagi Farg‘ona davlat universitetining sport oʻyingohida tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimida viloyat va barcha tuman va shahar hokimlari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida namoyish etilgan konsert dasturi esa barchaga birdek zavq bagʻishladi.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.