Get Mystery Box with random crypto!

Dildagi gaplar!

Telegram kanalining logotibi faqatgina_sen_uchun — Dildagi gaplar! D
Telegram kanalining logotibi faqatgina_sen_uchun — Dildagi gaplar!
Kanal manzili: @faqatgina_sen_uchun
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-07-27 21:07:54 Ilk bora!

So'z nola qilmasdan, jimgina tinglar,
Qalb faryod etishni andisha bilar.
Parishon xayollar har yon talpinar.
Oshkora dil sirni fosh etganida.
Ilk bora sevgiga duch kelganida.

Ko'rgan edi oshiq dunyo chiroyin,
Hayrat neligini unutdi tayin,
Ammo bu jumboqni bilgani sayin,
Ko'nglini yashirin savdolar tildi.
Ilk bora ishq unga ro'baro keldi.

Muammo emasdi qiyin yumushlar,
Tanish edi unga hayot, turmushlar,
Lekin notanish xis yurakka mushtlar,
Bu azob zavqidan dil vayron bo'ldi.
Ilk bor sevgi unga jilmayib qo'ydi.

Ilk bora his qildi, o'yga ko'mildi,
Orzuga zavq-shavqli cheksiz berildi,
Ilk bora sevgining bodasin tuydi,
Yorning ko'zlariga uzoq termuldi.
Va ul nigohlarda sevgisin ko'rdi.

#ilk_bora
Muallif: O'zim !
236 viewsKhan, 18:07
Ochish/sharhlash
2020-07-27 21:06:36 Kelishuv!

Bilmam senga nima kam,
Xol jonimga qo'ymading.
Jondan ortiq suyib ham
Visol zavqin tuymading.

Yetar, ortiq qiynama,
O'tmishni o'ylamagin.
Sabrim ortiq sinama,
Ishq kuyin kuylamagin.

Ey ko'ngil, ohim tingla
U seni sevarmidi?
Sevsa gar boshqa bilan,
Olisga ketarmidi?

Soddagina, ey ko'nglim,
Buni hayot deydilar.
Sevgimni, seni gulim,
Mendan tortib oldilar.

Shu on, shu kundan boshlab,
Ko'ngil bilan kelishdik.
Alam-u dardni tashlab,
Qaytib sevmas bo'lishdik.

Muallif: Kamina !
204 viewsKhan, 18:06
Ochish/sharhlash
2020-06-07 14:07:19 Qizg'onding!?

Parishon aylama xayollarimni,
Men bilgan baxt juda olislab ketdi.
Tushlarimga kirib, qilma bezovta,
Ko'zlarim jamoling sehrin unutdi.

Atirgulga juda o'xshatardima,
Yodingdami seni go'zal nigohing.
Boisi bejizga emaskan bildim,
Dilimni yaralab ketdi tikoning.

Daryo yaxshi unda suv oqib tursa,
Irmog'i cho'lni ham bo'ston qiladi.
Go'yoki muhabbat irmog'idir u,
Qurisa ishq bog'in barbod qiladi.

Totli edi biram ishq, visol zavqi,
Ularning o'rnini ne topib qonding.
Men bilgan baxt juda yaqin kelgandi,
Ayt nega sen uni mendan qizg'onding ?

Kamina
259 views , edited  11:07
Ochish/sharhlash
2020-06-07 10:30:18 Ex sevgi

Ex sevgi qadringga yetmadim balki ,
Bir olam azobing qalbimga sochding .
Qadringga yetmagan ojiz yurakdan ,
Ketib qayerlardan o'rningni topding .

Ex sevgi men uchun bir sinovmiding ,
Sog'inch daryosidan o'ta olmadim .
Kecha kezib chiqqan bog'imdan bugun ,
Menga yoqqan gulni topa olmadim .

Ex sevgi qandayin ilohiy kuchsan ,
Otash yuraklarni asir aylagan .
Yuksak tog'lardanda ulkan qalblarni ,
Bir ruxsor g'unchaga shaydo aylagan.

Ex sevgi odimlab borar dostoning ,
Yeling olib kelar bedor xayollar .
O'zing bir dunyosan noming bir dunyo ,
Kelib - ketar ajib turli savollar .

Ex sevgi qalbimdan ketdingmi oxir ,
Yolg'izlatib qo'yding kerak bo'lganda .
Endi yashaysanmi xotirda faqat ,
Endi kelmaysanmi seni kutganda .

@Royel_Redcliff
228 views , 07:30
Ochish/sharhlash
2020-04-21 22:01:22 Seni oddiygina sevib bo'lmaydi!

Bahor tonglarining mayin navosi,
Oshiqning dardiga hech kor qilmaydi.
Qorong'u tunlarni o'tkazar yolg'iz
Seni oddiygina sevib bo'lmaydi.

Bepayon xayollar qilar kinoya,
Faqat bir o'ygina o'zga chorlaydi.
Qalb o'zidan kechsa kechar ham balki,
Sendan osonlikcha kechib bo'lmaydi.

Har tomon eltuvchi bepayon yo'llar,
Visoling manzilin oshkor qilmaydi.
Yodimdan jamoling ketmas netayin,
Seni boshqacharoq sevib bo'lmaydi.

Sarxush etgan sening shahlo nigohing,
Bu visol zavqidan kechib bo'lmaydi,
Izhorim bir qancha soddadir ammo,
Seni oddiygina sevib bo'lmaydi.

Kamina
257 viewsRoyel Redcliff, edited  19:01
Ochish/sharhlash
2020-04-10 15:08:33 Pinhona! Kimnidir sevasiz, undan yashirib, Qo'llaridan tutmay, pinhon sevasiz. Bir bora siz tomon qo'ysa jilmayib, Baxtdan sarmast, samo uzra kezasiz. Ko'rasiz tushlarda oydin yuzini, Xatlarda aylaysiz chiroyin bayon. Asraysiz yurakda sevgi sirini Lekin…
249 views12:08
Ochish/sharhlash
2020-04-10 11:49:38 Pinhona!

Kimnidir sevasiz, undan yashirib,
Qo'llaridan tutmay, pinhon sevasiz.
Bir bora siz tomon qo'ysa jilmayib,
Baxtdan sarmast, samo uzra kezasiz.

Ko'rasiz tushlarda oydin yuzini,
Xatlarda aylaysiz chiroyin bayon.
Asraysiz yurakda sevgi sirini
Lekin u nigohda bo'ladi ayon.

Giryon aylar ba'zan jo'shqin xayollar,
Tindirmas jismingiz visol o'yida.
Namoyon ishqingiz, cheksiz savollar
Va dilingiz tuygan sevgi kuyida.

Hammasi ajoyib, barchasi yaxshi
Sof bu tuyg‘u baxtdan oddiy nishona.
Sevgiga yo‘g‘rilmoq hayotning naqshi
Tole porlab tursin taqdir, peshona.

#Uyda_qolamiz
232 views08:49
Ochish/sharhlash
2020-03-25 11:31:59
279 views08:31
Ochish/sharhlash
2020-03-24 20:13:11 Izlaring!

Sen meni so'ragin o'zgadan emas,
Manzilim neligin izlaganingda.
Ko'z yoshing sababi sog'inchdan emas,
Xatoing o'zgani tanlaganingda.

Befoyda to'kilgan mayus tomchi yosh,
Dilingni kemirib bo'ldilar og'u.
Avvallari emas eding bag'ritosh,
Avvallari eding qalamqosh ohu.

Surating eskirdi qalb javonida,
Qo'llaringga yetmay so'ldi atirgul.
Topolmadim seni ishq karvonida,
Xotirlar nomingni unutdi tugul.

Qoldi faqatgina dardli xotira,
Sening soyalaring bekitgan yo'ldan.
Yomg'irlar yuvsa ham ketmadi sira,
Sochlaring kuydurgan izlari qo'ldan.


Muallif:
216 viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash