Get Mystery Box with random crypto!

Sokin sohillar Dil orom topishni xayol qilganda Ko'zlar yumil | Dildagi gaplar!

Sokin sohillar

Dil orom topishni xayol qilganda
Ko'zlar yumilarkan dilga bo'ysunib.
Xotirlar jonlanib xiyol osuda
Orzular sham misol borarkan so'nib.

Orzu aylagandi go'zal bir gulni
Emasdi olisda yaqin ham emas.
Hushnud aylab asir etganda o'yni
Boshqa hech bir bo'ylar undek tuyulmas.

Pinhona sayladi qalbiga oshiq
Malikam bo'lar deb orzu o'yladi.
Qasri qalbi bilan tutganda shodlik
Oshiq muhabbatdan doston so'yladi.

Ertakdek o'tardi sog'inchli kunlar
Taskin edi dilga birgina visol.
Vakil edi qalbga sokinli tunlar
Muhabbat qalbdagi edi nav nihol.

Qiyosi yo'q edi yorning nigohi
Ko'zlar qamalganda kishanlar aro.
Bir gina so'z kelmas yo'qdir panohi
Visol sukunati ajib bir navo.

Vaqtning shidatila o'tardi kunlar
Gulning go'zalligi tillarda doston.
Qaydan ham bilardi ul oshiq qalblar
Ayriliq yaqinu, sevgisi mehmon.

Bog' aro bir kuni quturdi bo'ron
Oshiq gullar ichra gulin izladi.
Topmadi uni lek izladi o'rmon
Ko'z yoshsiz bog' ichra sassiz yig'ladi.

Dil orom topishni orzu qilganda
Qo'rquv solar unga yaqin xotirlar.
Armon bo'ldi orom, ozor yetkanda
O'tmishda qoldi ul sokin sohillar.