Get Mystery Box with random crypto!

Ishonsang qaniydi mening sevgimga. Kun payon yetganda ariq bo | Dildagi gaplar!

Ishonsang qaniydi mening sevgimga.

Kun payon yetganda ariq bo'yida,
Zilol suv oqizmish mitti yoshlaring.
Parivash yig'lama, chimirma aslo
Meni maftun etgan qaro qoshlaring.

O'ylamay bafurcha qalbingdan tonding,
Ergashding ozorim soxta gaplarga.
Vaqt edi bepayon nega ham shoshding,
Ishonsang yetardi mening sevgimga.

Esarkan har lahza yovvoyi epkin,
Gullar atrin boshqa bog'larga eltib.
Shunda o'z bog'ini qoldirib yolg'iz,
Gul yaproqlari ba'zan qolarkan ketib.

Bir lahza nigohing tutqun etganda,
Quvonsang biram zavq berar qalbimga.
So'zlarim unutding, kutmading biroz,
Ishonsang yetardi mening sevgimga.

Kamina