Get Mystery Box with random crypto!

*** Sahar chog' ohista titrab yaproqlar, Shabnamning boliga s | Dildagi gaplar!

***

Sahar chog' ohista titrab yaproqlar,
Shabnamning boliga sarxo'sh bo'libdi.
Tunda oydan bo'sa olgan irmoqlar,
Yaproqlar holiga sirdosh bo'libdi.

Balki shabnam ekan biroz bevafo,
Ketib qoldirarkan o'rnidan izlar.
Bulutlar zahmidan chekiblar jafo,
Hilolin izlarkan kunduz irmoqlar.