Get Mystery Box with random crypto!

Hech bir iboraga “Dil ba yoru, dast ba kor”da boʻlganidek xiyo | Famous | blog Shoxrux Xolmanov

Hech bir iboraga “Dil ba yoru, dast ba kor”da boʻlganidek xiyonat qilinmagan boʻlsa kerak.
Uni namoz oʻqimasang ham, ibodat qilmasang ham, Xudo qalbingda boʻlsa kifoya, deya talqin qilinadi. Yaʼni boshqacha aytganda “Zato koʻngil toza”.
Aslida esa tariqat peshvosi Xoja Bahovaddin Naqshdbandning bu soʻzlari tariqat qoidasi boʻlib, uning maʼnosi:

“Allohning zikrini doim yodingda tut! Bir lahza ham gʻaflatda boʻlma! Shu darajadaki, hatto qoʻling ishda boʻlsa ham, Allohning zikrini toʻxtatma!”dir.

Demak, bu iborani roʻkach qilib, nafaqat farz ibodatlarni tark etish mumkin emas, balki nafl ibodatlarda ham bardavom boʻlish kerakligi uqtiriladi. Jumladan namozda ham.

Mubashshir Ahmad

@Famous_blog