Get Mystery Box with random crypto!

O’rnimizni bilamizmi? Agar sen: “Qo’limdan shuncha ish kelyap | Famous | blog Shoxrux Xolmanov

O’rnimizni bilamizmi?

Agar sen: “Qo’limdan shuncha ish kelyapti, biroq u ishni qilolmayapman” desang, buni hech qanday qimmati yo’q. Chunki insonni boshqa ishlar uchun yaratmadi.

Bu shunga o’xshaydi: “Sen shohlar xazinalarida bo’ladigan qimmatbaxo po’latdan tayyorlangan hind qilichini “men bu qilich bekor yotmasligi uchun turli ishlarda ishlataman” deya keltirib, osh pichog’i o’rniga go’sht to’g’rasang.

Yoxut oltin idishda sholg’om pishirsang, yo javhar bilan bezatilgan pichoqni mix o’rnida qoqib, unga oshqovoq ossang….Uvol bo’lmasmi?

Xolbuki, qovoqning ishi bir pullik taxta yoki temir bir mix bilan ham bitadi, shunga qimmatbaxo pichoqni ishlatish aql ishi emasku!

Ulug’ Alloh senga juda ulkan qiymat bergandir. “Alloh mo’minlarning jonlari va mollarini o’z yo’lida vaqf etishlari muqobilida ularga jannat bergandir”

Jaloliddin Rumiy

P.S.
Bu dunyoning arzimas ishlariga qimmatli vaqtimizni va umrimizni sarflab oshqovoqni javhar bilan bezatilgan pichoqqa osganni ishini qilmaylik, Alloh bizga buyurgan ishlarga e’tiborimizni kuchli qaratishimiz kerak.

@Famous_blog