Get Mystery Box with random crypto!

#Kitobdan_parcha Tasodiflar, ha, bizga tasodif va hech kuti | FACTOR BOOKS 📚🤩

#Kitobdan_parcha

Tasodiflar, ha, bizga tasodif va hech kutilmaganda, birdan roʻy beruvchi gʻaroyib voqealar kerak. Yoʻqsa, bu hayotda yashab boʻlmaydi...

Qalbing parchalangan, biroq sen kulib turaveribsan. Hech kim buni sezmabdi ham!

Seni qalbimda jonlantirib oʻldirdim...

– Nega hech narsadan xursand boʻlmaysan, Zeze?
– Nega xursand boʻlishim kerak? Bunga majburmanmi?
– Chunki bu hayotga bir marta kelamiz.
– Yaxshiyam bir marta kelamiz, Portuga. Yoʻqsa, ikkinchi hayotni koʻtarolmagan boʻlardim!

Baʼzan bu hayot sen gullashini butun qish boʻyi kutgan-u, biroq bahorgi ayozlarda sovuq urgan daraxting kabi koʻrinadi. Chidashing kerak...

Baʼzan shunchaki kutish kerak. Eng yaxshisi emas, senga eng loyiq boʻlgan hadyalar uchun, hatto ogʻriq va sinovlar uchun. Baʼzan, chindan kutish kerak...

Joze Mauro de Vaskonselos,
“Azizim, po‘rtaxol” kitobidan


@Factor_books — yaxshi kitob o‘qishga haqlisiz!