Get Mystery Box with random crypto!

#Asardan_parcha #Tez_kunda #Tuhfamiz Doimiy jimlik, ma’lumo | FACTOR BOOKS 📚🤩

#Asardan_parcha
#Tez_kunda
#Tuhfamiz

Doimiy jimlik, ma’lumotlarning yo‘qligi yoxud imi-jimida yo‘q qilinishi kun sayin ayollar hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Bu ahamiyatsizdek tuyulgan oddiy narsalarda ham o‘z aksini topadi. Masalan, havo harorati erkaklarga mo‘ljallangan idoralarda ayollarning diydirab o‘tirishini aytaymi? Yoki balandligi o‘rtacha hisobdagi erkak bo‘yiga moslashtirilgan javonning yuqori tokchasiga harchand tirishsa-da, qo‘li yetmaydigan ayollar haqida gapiraymi? Noxush holatmi? Albatta. Adolatsizlikmi? Shubhasiz. Lekin bular eng oddiy qarashlardir. Fojiali holatlar esa har biringizning yon-atrofingizda sodir bo‘lmoqda...

Kerolayn Kriado Peres,
“Ko‘rinmas ayollar” kitobidan


@Factorbooks — eng yangilari!