Get Mystery Box with random crypto!

Biznes-g‘oyangizga investor kerakmi? Sizda ajoyib startap l | eurosoft.uz | Rasmiy kanali

Biznes-g‘oyangizga investor kerakmi?

Sizda ajoyib startap loyihalar bormi? Xavotirlanmang, uni qoʻllab-quvvatlovchilar doim topiladi. Marhamat, Siz uchun foydali suhbat hozirladik.
Ushbu sohaning tajribali vakillaridan biri, xalqaro VC (Venchur Kapital) tahlili Abdul Sharopov diqqatingiz markazida. Suhbat davomida siz:

- startap loyihalarni toʻgʻri boshlash;
- qanday qilib investorlarni jalb qilish;
- olingan mablagʻni toʻgʻri sarflash;
- loyihani katta “marketplace” darajasiga olib chiqish haqidagi bilimlarga ega boʻlasiz.

Darvoqe, suhbat ostida tanlangan bir nafar izoh egasi qahramonimiz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashish imkoniga ega bo‘ladi. Xullas, yaxshi izohlar “Avlo Podcast” jamoasi e’tiboridan chetda qolmasligini kafolatlaymiz.
Siz esa yanada faol boʻling va yangilikni yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring!





Toʻliq suhbat bugun, 20:00 da YouTube kanalimizda.