Get Mystery Box with random crypto!

​​Startup oʻzi nima? Hozirgi zamonaviy axborot olamida “start | eurosoft.uz | Rasmiy kanali

​​Startup oʻzi nima?

Hozirgi zamonaviy axborot olamida “startup” iborasini koʻp eshitamiz. Bu kabi loyihalar orqali muvaffaqiyatlarga erishib, keyinchalik yirik korxonalarga asos solgan soha vakillari hikoyalarini maroq bilan tinglaymiz ham.

Keling, bu galgi maqolamizda mazkur soʻz haqida toʻxtalib oʻtamiz.

Startup'lar — bu noyob mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqish, uni bozorga chiqarish va mijozlar uchun muhim takliflarni taqdim etishdan iborat boʻlgan loyiha hisoblanadi.

Startup'lar innovatsiyalarga asoslanadi, mavjud mahsulotlarning kamchiliklarini bartaraf etadi yoki tovarlar va xizmatlarning mutlaqo yangi toifalarini yaratadi. Shu tariqa butun sanoat uchun fikrlash va biznes yuritishning oʻrnashgan usullarini oʻzgartiradi. Xususan, koʻplab startup'lar oʻz sohalarida mutlaqo yangi koʻrinishlarni olib kiradi.

“Eurosoft” jamoasi ham zamon bilan hamnafaslikda oʻz startup loyihalarini taqdim etib kelmoqda. Xususan, “Hopme.shop” loyihamiz startup loyihalar boʻyicha jahon chempionatida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgani, “Craftmeetsdesign” loyihamiz muvaffaqiyatlari haqida yozgan edik.

Shunday ekan, oʻz gʻoya va fikrlaringizni amalga oshirishdan hech qachon qoʻrqmang va buni ortga surmang.
“Eurosoft” jamoasi esa doimo sizga yelkadosh boʻlishga tayyor.

+998 91 191 40 40

Veb sahifamizga tashrif buyuring!

Telegram | Instagram | Facebook